Domna pechining umumiy ko’rinishi (a) va uning zonalari bo’yicha temperaturaning taqsimlanish grafigi (b): I—koloshnik; 2— yuklash apparati; 3— trubalar; 4— shaxta; 5— raspar; 6— zaplechik; 7— o’txona; 8— furma; 9— cho’yan chiqish novi; 10— shlak chiqish novi; 11 — temir ustun
Furmalarning pastrogida shlak, undan pastrokda esa cho’yan chiqarish teshiklari bo’lib, ularga novlar 9,10 o’rnatiladi.
Furmalarning pastrogida shlak, undan pastrokda esa cho’yan chiqarish teshiklari bo’lib, ularga novlar 9,10 o’rnatiladi.
O’txonada yog’ilayotgan zichligi 6,9 g/sm3 li suyuq cho’yanni har 2—4 soatda, zichligi 2,5 g/sm3 bo’lgan suyuq shlakni esa har 1—1,5 soatda o’z novlari orqali kovshlarga chiqarib turiladi. Buning uchun elektr burgalash mashinasi yordamida 50—60 mm teshik ochiladi, ularni berkitishda esa o’tga chidamli tiqinlardan foydalaniladi.
Metallurgiya kombinatlarida bir vaktda bir necha domnalar ishlaydi.
. O’rtacha hisobda 1 t cho’yan olish uchun pechga 2035 kg temir ruda, 146 kg marganest ruda, 971 kg koks, 598 kg ohaktosh yuklanib, 3575 kg havo haydaladi. Bunda 755 kg shlak, 5217 kg domna gazi va 348 kg koloshnik changi ajraladi.

Domna pechlari 5-10 yillar davomida uzluksiz ishlaydi.
Domna pechini ishga tushirish va unda kechadigan jarayonlar.
Pechni ishga yaroqli ekanligiga ishonch hosil etilgach, furma teshilari orqali pech o’txonasiga bir oz koks, uning ustiga furma mezonigacha tarasha o’tin qalanadida, koloshnik orqali koks kiritib forsunka alangasida o’tin o’t oldiriladi. Havo qizdirgichda 800°— 900°S temperaturagacha qizdirilgan xavo to’sgich 6 ochilishi bilan truba 8 va furma qurilmalari 9 orqali 0,2—0,3 MPa (2—3 atm) bosimda domnaga haydalib, bir necha kun zaruriy ish temperaturasigacha qizigach, unga yuklash apparati orqali avvaliga flyusli koks (salt kolosha) kiritiladi