1- laboratoriya ishi cho’yan va po’latlarni ishlab chiqarish texnologiyasini o’rganish



Yüklə 23,62 Kb.
səhifə1/8
tarix03.12.2023
ölçüsü23,62 Kb.
#172237
  1   2   3   4   5   6   7   8
1- laboratoriya ishi cho’yan va po’latlarni ishlab chiqarish tex


1- laboratoriya ishi

MUHANDISLIK MATERIALLARI

1- LABORATORIYA ISHI

CHO’YAN VA PO’LATLARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI O’RGANISH

Ishdan maqsad: Domna pechida cho’yan ishlab chiqarish jarayonini o’rganish.


  • Umumiy ma’lumot: Zamonaviy metallurgiya korxonalari yirik va murakkab kompleks bo’lib, konlarda keltirilgan ruda, yoqilg’i va flyuslarni maxsus maydonlarga tushiruvchi mexanizmlar, boyituvchi qurulmalar, koks ishlab chiqaruvchi batareyalar, domnalarni qizdirilgan havo bilan ta’minlovchi havo qizdirgichlar, pechdan chiqarilgan cho’yan va shlaklarni tashuvchi kovshli vagonetkalar, cho’yandan po’lat oluvchi pechlar, ulardan prokat maxsulotlari ishlab chiqaruvchi uchaskalardan iborat bo’ladi. Domnalarda cho’yanlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallarga temir rudalar, yoqilg’ilar, flyuslar kiradi va ular shixta deyiladi

Domna pechi va uning tuzilishi


  • Domna pechi uzluksiz ishlovchi shaxta pechi bo’lib, o’rtacha hajmi 2000-3000 m3 bo’ladi. Keyingi yillarda katta domnalar ham qurilmoqda.

  • 1-rasm, a da domna pechining umumiy ko’rinishi, 1-rasm, b da esa uning zonalari bo’yicha temperaturasining taqsimlanish grafigi keltirilgan. Domna pechining devori o’tga chidamli shamot g’ishtidan terilib, ichki sirt yuzi o’tga chidamli gil bilan suvalib, sirtidan esa 20—40 mm li po’lat list bilan payvandlab qo’yilgan va mahkamlangan. Pechning o’tga chidamli g’isht terilmalarining chidamliligini oshirish maqsadida (pech balandligining 3/4 qismida) sovitgich trubalar o’rnatilgan va ularda sovuq suv aylanib turadi. Domnaning yuqori qismi 1 koloshnik deb ataladi.

Koloshnik qismida shixta materiallarini porstiyalab, bir tekisda domnaga yuklash apparati 2 o’rnatiladi.


  • Koloshnik qismida shixta materiallarini porstiyalab, bir tekisda domnaga yuklash apparati 2 o’rnatiladi.

  • Yuklash apparatining kichik va katta konuslari bo’lib, ular bir vaktda ishlamasligi sababli domnada jarayon kechayotganda ajralayotgan gazlarning atmosferaga chiqishiga, havoning esa pechga kirishiga yo’l qo’ymaydi.

  • Domna ishlayotganda ajralayotgan gazlar uning koloshnik qismiga o’rnatilgan trubalar 3 orqali gaz tozalash apparatiga o’tadi.

  • Gaz tozalash apparatida tozalangan domna gazlari maxsus trubalar orqali ko’pincha havo qizdirgichlarga yuboriladi. Pechning koloshnik qismi tagidagi pastga tomon kengayib boradigan kesik konusli eng katta qismi 4 ga shaxta deyiladi.

Yüklə 23,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin