Konvertor 9-rasm, b da ko’rsatilgan «a» holatga o’tkazib, avvalo unga og’zidan qayta ishlanadigan cho’yan massasining 20-30% chamasida qora metall chiqindilari, keyin esa 1250— 1400°S temperaturali suyuqcho’yan kiritiladi («b» holat). So’ngra qayta ishlanadigan metall massasining 5—8% chamasida ohaktosh (zarur bo’lsa ma’lum miqdorda boksit, temir ruda) kiritilib, konvertor vertikal holatga o’tkaziladi («v» holat).

Keyin konvertordagi suyuq metall sathiga 300—800 mm etmagan holda furma naycha tushirilib, u orqali 0,9—1,4 MPa bosimda kislorod haydaladi.
Yuqori temperatura sharoitida (2000—2400°S) furma materialbi erimasligi uchun uning havol devoridan. 6— 1,0 MPa bosimda sovuq suv o’tkazib turiladi (bunda furmaning havol devoridan har minutda 4000—5000 l suv o’tadi).
Marten pechlarida po’latlar ishlab chiqarish usullari
Konvertorlarda po’lat ishlab chiqarish usullarini kamchiliklardan xoliroq etish maqsadida marten usulining yaratilishiga olib keldi. Zamonaviy Marten pechlarning sigimi 200—900 t oralig’ida bo’lib, ularda qatgiq yoki suyuq cho’yandan va ularning lomlari va boshqa chiqindilardan uglerodli, kam va o’rtacha legirlangan konstrukstion po’latlar olinadi.
Marten pechi regeneratorli pech bo’lib, uning eng muhim qismi ish bo’shligi (kamerasi)dir. Asosli pechlar ko’p tarqalgan bo’lib, uning devorlari magnezit g’ishtidan terilib, tagligi magnezit kukuni (kislotali pechlarda esa devorlari dinas gishtidan terilib, tagligi kvarst kukuni) bilan qoRejaadi. Pechning sirti po’lat list bilan qoRejaadi, puxtaligini oshirish uchun bo’yiga va ko’ndalangiga tortilgan po’lat armaturalar bilan mahkamlanadi. Pechning old devorida shixta materiallarini kameraga yuklash (namuna olish) uchun darchalari bo’ladi. Pechning ishlash davrida bu darchalar maxsus to’sqich bilan berkitiladi, ish jarayonining borishi esa ularning biriga o’rnatilgan maxsus oyna orqali kuzatiladi.