1. Visual Basicni ishga tushiramiz va yangi standart ilova yaratamiz.
2. Boshqarish panelining “Belgi” (Label) ob’yektini tanlab olamiz. Formada belgini chizamiz. Label1 ob’yekti yaratiladi va shunga uxshash yo‘l bilan Label2, Label3 belgi ob’yektlari yaratiladi.
3. Boshqarish panelidan buyruq tugmasi (Command Button) tanlanadi va uni formada chizamiz (Command1). Yana bitta buyruq tugmasi yaratilib, formada chizamiz (Command2).
4. Boshqarish panelidan “Tasvir” (Image) tugmasi tanlanadi. Formaga tasvirni joylashtirish uchun unga oyna yaratiladi. Bu amallarni bajargandan keyin forma quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:
5. Label1, Label2, Label3 ob’yektlarining Caption xossasi (xossalarning mos maydonlari tozalanadi) va Command1, Command2 ob’yektlarining ham Caption xossasi (tugmalar nomini yozish orqali) о‘zgartiladi. Mazkur ob’yektlarning barobarlashtirish va shrift xossalri o‘zgartiriladi. Tasvir (Image) ob’yektining “Cho‘zish” (Stretch) xossasini ham o‘zgartiramiz. Bu xossasini o‘rnatilayotganda uning True qiymatida kartina tasvir oynasida aniq chiziladi.
6. Command1 buyruq tugmasiga quyidagicha dastur kodi yoziladi:
Private Sub Command1_Click() Dim a, b Label1.Caption = Int(Rnd * 6) + 1 a = Int(Label1.Caption) Label2.Caption = Int(Rnd * 6) + 1 b = Int(Label2.Caption) If a + b > 6 Then Label3.Caption = "УРА!!! Siz yuttingiz!!!" Image1.Picture = LoadPicture("c:\Image\smile.gif") Else Label3.Caption = " Afsus... Siz yutqazdingiz..." Image1.Picture = LoadPicture("c:\Image\cry.gif") End If End Sub
Bu dasturning kodida Label1.Caption = Int(Rnd * 6) + 1 qatorida 0 dan 5 gacha bo‘lgan intervaldagi tasodifiy butun sonni hisoblaydi, 1 ga oshiradi, olingan qiymat esa Label1 ob’yektining Caption xossasiga o‘zlashtiriladi Image1.Picture = LoadPicture("c:\Image\smile.gif") qatorida Image1 ob’yektining Picture xossasiga LoadPicture fuktsiyasi qaytaradigan qiymatni o‘zlashtiradi.