Yuqori darajadagi programmalash tillarida ko‘rsatmalar inson tiliga yaqin bo‘lgan so‘zlar va birikmalardan iborat bo‘lib, programma tuzish uchun juda qulay va biror maxsus amallardan tashqari hollarda adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog‘liq ko‘rsatmalarni bilish zarur emas. Yuqori bosqich programmalash tillariga misol sifatida FORTRAN, Algol, RL-1, BASIC, PASKAL, C, C++ tillarini keltirish mumkin. Informatsion texnologiyalarining jadal suratlar bilan rivojlanishi, internetning paydo bo‘lishi, yangidan yangi va ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan programmalash tillari va muhitlari yaratildi va yaratilmoqda. Ularga misol sifatida dBase, KARAT, LISP, FoxPro, Simula, Delphi, Visual Basic, Visual C , HTML, Java, Java Script kabi tillar va programmalash muhitlarini keltirish mumkin
12- Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha HISOBOT
Mavzu: Quyi darajali dasturlash tillari va ularning turlari.
Talabaning FIO: Suyunov Akmal
Gurux:205
Quyi darajadagi dasturlash tillari buyruqlar va amallar ma’lum kodlar (raqamlar) bilan ifodalangan bo‘lib, ular EHM qurilmalari adreslari bilan bevosita ishlashga mo‘ljallangan va mashina tili deb ham yuritiladi.
kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, buyruqlar maxsus raqamlar (kodlar) yordamida yoziladi. Masalan: 010110100010101. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo‘lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisoblanadi. Dastlabki elektron hisoblash mashinalariga («ENIAC», «MESM» va boshqalar) masalalarni yechish uchun ana shunday buyruqlar yordamida dasturlar tuzilgan. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo'lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo'lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya’ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo‘lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo‘lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo‘naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Ko'p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin.