Ma’ruza №4 Mavzu: Programmalash tizimlari Reja



Yüklə 41,8 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü41,8 Kb.
#47073
  1   2   3
4-ma`ruza


Ma’ruza № 4

Mavzu: Programmalash tizimlari

Reja:

  1. Programmalsh tizimi va uning tarkibi.

  2. Integrallashgan muhitlar.

  3. Transliyatorlar turlari.

  4. Assemblerlar va yuklovchilar.

Tayanch iboralar: programmalash tizimi, komponentalar, integrallashgan muhitlar, transliyator, kampilyatsiya, interpretatsiya, assembler.

Ma’ruza bayoni.

Sistemaviy programma ta’minotining yana bir komponentasi programmalash sistemasidir.



Programmalash tizimi programmaviy sistema bo’lib, bitta yoki bir nechta kirish (boshlang’ich ) tillari yordamida programmani tuzish va ijro etishni taminlaydi.

Tizimlar bir yoki ko’p tilli bo’lishi mumkin. Ko’p tilli tizimlar yordamida biz programmani bo’laklarini har xil til yordamida loyihalashimiz mumkin. Bunday tizimlarda yangi tillarni qo’yish imkoniyati ham beriladi.

Programma nuqtai nazardan programmalash tizimi modullar to’plamidan iborat. Har bir modul maxsus funksyalar (ishlar,vazifalar) ni bajaradi. Zamonaviy tizimlar quyidagi komponentlardan iborat:

a) Kirish tili. Bu til yordamida programma tuziladi.

b) Translyator. Kirish tilida yozilgan programmani mashina yoki boshqa tilga tarjima qiluvchi maxsus programmaviy modul(tizim).

d) Tahrirlovchi. Programma matnini tashkil qilish va matn ustida turli

amallarni bajaruvchi qismprogramma.

e) Taxlovchi. Programmani tekshirish bosqichlarini shu modul yordamida bajarish mumkin.taxlashning statik (matn tahlili) va dinamik (boshlang’ich malumotlar bilan programma ishini tekshirish) turlari mavjud.

f) Optilizator. (Optimallovchi). Programma tarjima qilingandan keyin

hamma vaqt ixcham va qulay bo’lmaydi. Hosil hosil bo’lgan obekt modullarni optimallashtirish ( ixchamlash, to’g’irlash, unumdorligini oshirish ) shu modul yordamida bajariladi.

g) Dispetcher.foydalanuvchi bilan muloqat qilish va boshqa modullarni ishini boshqarish uchun ishlatiladigan modul. Dispetcherni monitor ham deyiladi.

h) Yordamchi qismsistema.(Help subsystem)

Tizimni kirish tili, xatolar haqida ma’lumot va foydalanuvchilar guruhlari uchun turli yordamchi malumotlarni saqlaydi.

Bulardan tashqari, har bir programmalash tizimi boshqa komponentalarni o’z ichiga olish mumkin.




Yüklə 41,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin