1- laboratoriyas ishi



Yüklə 106,4 Kb.
tarix11.06.2023
ölçüsü106,4 Kb.
#128658
1- laboratoriyas ishi 1


1- laboratoriyas ishi
Shesternyali suyuqlik nasosning texnik holatini aniqlash.
Tajriba ishidan maqsad: Shesternali suyuqlik nasosining turlari, konstruksiyalari va ishlash tamoillarini o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Shesternali nasosning tuzilishi.
Shesternali nasos gidravlik tizimda suyuqlik bosimini hosil qilish uchun xizmat qiladi. NSh turidagi nasos 1 korpus (9-rasm), qopqoq 5, shesternalar 14 va 15, ikki juft tayanch vtulkalari 10 va 11, zichlagichlar va mahkamlash detallaridan iborat. Vtulkalar korpus ichida aylanib ketishidan ularning o‘zaro tutashuv tekisliklari saqlab turadi.
Val bilan bir butun qilib tayyorlangan yetakchi shesterna 14 va yetaklanuvchi shesterna 15 tayanch vtulkalarga o‘rnatilgan. Yurituvchi valning tashqi uchida shlitsalar qilingan va u nasos yuritmasining ishga tushurish muftasiga o‘tqazilgan. Valning chiqish uchi o‘zini-o‘zi siquvchi salnik bilan zichlangan. Ishchi suyuqlikning salnikka bosimini kamaytirish uchun vtulka chekkasi va salnik orasidagi bo‘shliq qopqoqdagi teshik orqali nasosning so‘rish bo‘shligi bilan ulangan.
Nasos korpusi 1 va qopqoq 5 oraligiga bir butun rezina plastina (manjet) 3 joylashgan. Vtulkalarni zichlash uchun manjetning silindrsimon teshiklariga rezina halqalar qo‘yilgan. Manjet ustidan ikkita po‘lat halqa 4 bosib turadi. Korpusning so ‘ruvchi tomonidagi o‘yiqqa alyuminiy vkladish 13 va rezina zichlagich 12 o‘rnatilgan.
Korpusning yonbosh tekisliklariga so‘ruvchi va boyituvchi qisqa quvurlar ulangan, hamda ularning ulanish joylariga zichlagichlar qo‘yilgan.
Nasosning ishlash tamoili quyidagicha. Shesternalar aylanganda so‘rilish hosil bo‘ladi va uning ta’sirida ishchi suyuqlik bakdan nasosning so‘rish kamerasiga keladi, shesternalar tishlari orasidagi bo‘shliq uni olib katta bosim ostida boyitish kamerasiga uzatadi, u yerdan esa bosim ostidagi suyuqlik taqsimlagichga yuboriladi.
Bu turdagi nasoslarning xususiyati shundan iborat-ki, vtulkalar va shesternalar orasidagi yonbosh tirqish avtomatik tarzda rostlanadi, bu esa ishchi suyuqlikni boyitish bo‘shligidan so‘rish bo‘shligiga qaytib oqib o‘tishini kamaytiradi. Avtomatik rostlashning mohiyati bunday. Moy boyitish kamerasidan oldingi vtulkalar ustidagi 2 bo‘shliqqa kiradi va ularni shesternalar yonboshiga siqishga harakat qiladi, natijada ular orasidagi tirqish kamayadi. Bir vaqtning o‘zida yoysimon o‘yiqchaga kirayotgan ishchi suyuqlikning tishlar tomonidan vtulkaga yo‘naltirilgan bir oz kamroq kuchi ta’sir etadi. Natijada bu bosimlar orasidagi farq kerakli yonbosh tirqishni ta’minlaydi. Buning oqibatida vtulkalar va shesternalarning yeyilishi ancha kamayadi.

9- rasm. NSh-U turidagi nasosning tuzilishi
1-nasos korpusi; 2-moy uchun bo‘shliq; 3-nasos qopqogi va vtulkalarni zichlash manjeti; 4- halqa; 5-qopqoq; 6- ortiqcha moyni qaytarish teshigi;
7-valni zichlash manjeti (salnik); 8-to‘xtatuvchi halqa; 9-manjetaning tayanch halqasi; 10- yetakchi shesterna sapfasi; 11-yetaklanuvchi shesterna vtulkasi;
12-rezina zichlagich; 13-tayanch metal vkladish; 14-yetakchi shesterna;
15-yetaklanuvchi shesterna; 16-moy kanallari; 17-bo‘shatuvchi kanal.

Shesterna va vtulkalarining yonbosh yuzalarini yeyilishi plastinaning zichlash xususiyatiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki u korpus va qopqoq orasida siqilgan, vtulka va shesternalarning o‘q bo‘ylab surilishida zichlagich plastinaning tarangligi o‘zgarmaydi.


Ba’zan tishlar orasidagi bo‘shliqda qolgan suyuqlik bosimi oshib ketishi mumkin, shuning uchun vtulkalarda o‘yiqcha 17 qilingan bo‘lib, ular orqali ishchi suyuqlik «berk» hajmdan nasosning so‘rish bo‘shligiga o‘tadi, bu bilan kuchli yeyilish va nasosni sinishini oldi olinadi.
Kerakli asbob va uskunalar: shesternali suyuqlik nasoslari, chilangarlik kalitlari, plakat va bannerlar.
Ishni bajarish tartibi:
1. Nasosning tuzilishi va ishlash tamoilini plakat va bannerlardan o‘rganib olinadi.
2. Nasos bo‘laklarga ajratilib, shesternali val va vtulkalarning eskiz chizmalari chiziladi.
3. NSh-10, NSh-32, NSh-46, NSh-50 nasos va gidromotorlarning asosiy ish ko‘rsatkichlarini ifodalovchi tavsiflari jadval tarzida yoziladi.
4. amaliy ishi bo‘yicha hisobot va xulosa shakllantiriladi.
Hisobot shakli:



1- laboratoriyas ishi

Guruh:

Shesternali suyuqlik nasosining konstruksiyasini o‘rganish

Talaba:

1. Nasos konstruksiyasining sxemasi chiziladi.


2. Asosiy detallarning eskiz chizmalarichiziladi.
3. Nasoslarning tavsiflari jadval ko‘rinishida yigiladi.
4. Xulosa yoziladi.
Yüklə 106,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin