1-§. Ma’lumotlar turlari va algoritmlari. Ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari


Ixtiyoriy algoritm muhim xossalarga ega



Yüklə 70,39 Kb.
səhifə2/9
tarix07.01.2024
ölçüsü70,39 Kb.
#201583
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu

Ixtiyoriy algoritm muhim xossalarga ega:

  • Algoritmning aniqligi – har bir qadam bajarilishining bir qiymatliligi.

  • Tushunarlilik – ijrochiga tavsiya etilayotgan koʻrsatmalar uning uchun tushunarli boʻlishi shart, aks holda ijrochi oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin.

  • Diskretliligi – masalani yechish jarayonini bajarilish vaqtida kompyuter yoki insonga qiyinchilik tug‘dirmasligi uchun bir necha sodda bosqichlar (bajarilish qadamlari)ga bo‘lish.

  • Ommaviylik – belgilangan masalalar sinfini yechish uchun algoritmning foydaliligi.

  • Natijaviylik – oxirgi qadamlarda dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lgan kerakli natijani olishga imkon beruvchi algoritmning harakatlar yakuni.

    Amaliyotda quyidagi algoritm turlari mavjud:
    Chiziqli – amallar ketma-ket, biror-bir shart tekshirilmasdan bajariluvchi algoritm.
    Tarmoqlanuvchi – belgilangan shartlarning o‘zgarishiga bog‘liq holda ko‘rsatmalarning variantlari oldindan mo‘ljallanadigan algoritm.
    Sikllik – alohida jarayonlar yoki jarayonlar guruhi bir necha marta bajariladigan algoritm.
    Algoritmni yozish usullari: so‘zli, formulali, jadvalli, grafik, dasturli.
    Informatsiya kompyuterda qayta ishlash uchun xom-ashyo sifatida xizmat qiladi, ya’ni metallurgik ishlab chiqarishda metall ruda xom-ashyo hisoblanishi kabi. Lekin, ixtiyoriy xom-ashyo qayta ishlovda samarali bo‘lishi uchun dastlabki tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Bu to‘laligicha informatsiyaga tegishli. Demak, bizda o‘rganish uchun hisoblash texnikasiga jalb etmoqchi bo‘lgan biror bir hodisa mavjud. Birinchi navbatda biz qiziqtirayotgan hodisa haqidagi informatsiyalarni yig‘amiz, so‘ng bu informatsiyani sistemalashtiramiz va sinflarga ajratamiz. Bundan keyin berilgan hodisani ifodalovchi modelni quramiz. Model so‘zi fransuzchadan kelib chiqqan bo‘lib, dastlabki ma’nosi bu – biror fizik obyekt yoki hodisaning aniq ko‘rinishini beruvchi namunadir. Biz fizik emas, balki informatsion modeldan foydalanamiz. U hodisani maxsus matematik apparat, grafik, diagrammalar yordamida ifodalaydi. Model hodisaning harakterli belgilari va asosiy tomonlarini ochib berish imkonini beradi. Matematik va imitatsion modellashtirish mavjud.
    Matematik modellashtirish – hodisa tadqiqoti va ifodasi uchun matematik apparatni qo‘llash. Aniq matematik model obyektning holatini kuzatish va uni tahlil qilish imkonini beradi.
    Imitatsion modellashtirish – asosan sanoatda qo‘llaniladi, hisoblash texnikasi va maxsus dasturiy ta’minoti yordamida real mavjud bo‘lmagan qurilmada bir qator tekshirishlar o‘tkazish imkonini beradi. Bunday modellashtirishni qo‘llash xom-ashyo ishlab chiqarishni tezlashtiradi, chunki qurish va tadqiq qilish jarayoni qisqaradi, xatolar miqdori va ularning bahosi kamayadi. Masalan, «Boing» firmasi uzoq yillar davomida qo‘llanib kelingan joyni rejalashtirishni ishlab chiqish, yo‘lovchilar o‘rindiqlarining joylashuvi, samolyot salonining natural modellarini yaratishdan bosh tortdi, ularni kompyuter modellariga almashdi. Bu millionlab dollarlarning tejalishi va samolyotlarning yangi modellarini ishlab chiqish muddatlarini qisqartirdi.
    Modelni qurib bo‘lgandan so‘ng unga mos algoritmni yaratish bosqichiga o‘tiladi.
    Hisoblash mashinasi tilida (mashina kodlarida) ketma-ket buyruqlar ko‘rinishida berilgan masala yechimining algoritmi mashinaviy dastur deb ataladi.
    Mashinaviy dastur buyrug‘i yoki mashinaviy buyruq–qo‘shimcha ko‘rsatma va tushunchalarsiz avtomatik holda bajariluvchi elementar mashina instruksiyasi.

    Yüklə 70,39 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin