1-§. Ma’lumotlar turlari va algoritmlari. Ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari



Yüklə 70,39 Kb.
səhifə8/9
tarix07.01.2024
ölçüsü70,39 Kb.
#201583
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu

Primitiv toifalar (ma’lumotlarning sodda toifalari). Oldindan ma’lum bo’ladigan, sozlangan toifalar deb ham ataladigan toifalar bo’lib, turli dasturlash tillarida turlicha bo’lishi mumkin.

  • Foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan toifalar, qachonki mavjud sozlangan toifalar qo’yilgan masalani yechishga yetarli bo’lmasa qo’llaniladi.

  • Abstrakt toifalar. Ma’lumotlar toifalarining mantiqiy xususiyatlarini aniqlashda foydali instrument hisoblanadi. “Abstrakt toifa” atamasi bazaviy matematik tushunchasiga bog’liq. Ushbu toifalardagi ma’lumotlar qisman apparat va dasturiy ta’minot yordamida tuzilma sifatida fizik amalga oshirilishi mumkin. Biz abstrakt toifalarni matematik tushuncha sifatida aniqlaganimizda, muhit va vaqtiy munosabatlarni e’tiborga olmaymiz. Bular amalga oshirish masalalari hisoblanadi.

    Ma’lumotlar tuzilmasi
    Ma’lumotlar turli yo’llar asosida tashkil etilishi mumkin, mantiqiy yoki matematik modelni tashkil etilishi ma’lumotlar tuzilmasi deyiladi. Konkret bir ma’lumotlar tuzilmasini tanlash quyidagilarga bog’liq:

    • Real voqe’likda elementlararo munosabatni yaqqol ifodalay olishi kerak;

    • U shunday soda tuzilishi kerakki, zarur bo’lganda ustida samarali amal bajarish mumkin bo’lsin.

    Ma’lumotlar tuzilmasini o’rganish quyidagilardan iborat:

    • Tuzilmani mantiqiy ifodalash;

    • Tuzilmani fizik amalga oshirish;

    • Tuzilmani sifatiy tahlili, ya’ni elementlarni saqlash uchun qancha xotira hajmi sarflanishini aniqlash (xotira sarfi) va qayta ishlashga ketadigan vaqtni (vaqt sarfi) hisoblash nazarda tutiladi.

    1.3. Ma’lumotlar tuzilmasini klassifikatsiya qilish. Ma’lumotlar tuzilmasi (MT) – informatsion ob’ektning umumiy xossasi bo‘lib, mazkur xossa bilan biror bir dastur o‘zaro aloqador bo‘ladi. Ushbu umumiy xossa quyidagilar orqali tavsiflanadi:
    1) mazkur tuzilmaning mumkin (qabul qilishi mumkin) bo‘lgan qiymatlari to‘plami;
    2) mumkin bo‘lgan amallar (operatsiyalar) majmuasi;
    3) tashkil etilganlik tasnifi.
    Oddiy ma’lumotlar tuzilmasini ba’zan ma’lumotlar toifalari deb ham ataladi.
    Odatda, ma’lumotlarni tasniflash quyidagi ko‘rinishdagi bosqichlarga ajratiladi:
    1) abstrakt (matematik) bosqich;
    2) mantiqiy bosqich;
    3) fizik (jismoniy) bosqich.
    Ma’lumki, ixtiyoriy ob’ekt, xodisa yoki biror bir jarayon tadqiq qilinayotganda uning modeli qurib olinadi. Model turlicha bo‘lishi mumkin, masalan, matematik model, fizik model va boshqa modellar. Ob’ekt, xodisa yoki biror bir jarayonni matematik model qurildi degani o‘sha qaralayotgan tizimni ma’lum bir matematik qonuniyatlar orqali, ya’ni matematik formulalar orqali ifodalanishidir.
    Mantiqiy bosqichda ma’lumotlar tuzilmasini biror bir dasturlash tilida ifodalanishi tushuniladi.
    Fizik(jismoniy) bosqichda esa informatsion ob’ektni mantiqiy tavsiflanishiga mos ravishda EXM xotirasida akslantirilish tushuniladi. EXM xotirasi chekli bo‘lganligi sababli, xotirani taqsimlash va uni boshqari muammosi yuzaga keladi.
    Yuqoridan ko‘rinib turibdiki, mantiqiy bosqich bilan fizik bosqichlar bir biridan farq qiladi. Shu sababli, hisoblash tizimlarida mantiqiy bosqichni fizik bosqichga va aksincha, fizik bosqichni mantiqiy bosqichga akslantirish muamosi vujudga keladi.

    Yüklə 70,39 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin