Nizomiy nomidagi TDPU
Fizika-matematika fakulteti
Informatika o’qitish metodikasi 202 guruhida “
Amaliy dasturlar paketi va uning
asosiy turlari” mavzusida o’tkaziladigan ochiq dars
ma’ruza matni
Amaliy dasturiy ta’minotlarga inson faoliyatining turli xil sohalariga mansub
bo’lgan dasturlar kiradi.
Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir dastur bo’lib, u qandaydir muammoli
sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan mo’ljallangan bo’ladi. Hisoblash
texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri amaliy
dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir. Ularga kirishning osonligi
va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik mehnatiga, ilmiy soha,
iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq vazifalarini yechishda kengroq tadbiq etish
uchun sharoitlar yaratadi.
Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va
u keyin ham aniq yo’nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining dasturli
ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o’zining hujjatlariga ega va operatsion
tizimlarning tarkibiga kirmaydi.
Amaliy dasturlar paketi. Aniq sinfga oid masalalarni yechishga oid o’zaro
bog’langan dasturlar majmui.
1)Muammoli - yunaltirilgan. Boshqarish funksiyalarida, strukturalashgan
berilganlar va qayta ishlash algoritmlari kabi muammoli sohalarda qo’llaniladi.
2)Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagrammalarni ishlab
chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida qo’llaniladi.
3)Umumyo’naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval prosessorlari, grafik
muharrirlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kabi kompyuter
texnologiyalarini qo’llab-quvvatlovchi tizimlar.
4) Ofisli. Ofisning tashkiliy faoliyatini boshqarishni ta’minlaydi. U o’zida
organayzerlar (yozuv va telefon kitoblari, kalendarlar, taqdimotlar)ni, tarjimonlarni,
matnni anglash kabi vositalarni mujassamlashtiradi.
5) Stol usti nashriyot tizimlari - funksional jihatidan birmuncha kuchli bo’lgan
matn prosessorlari.
6) Su’niy intellekt tizimlari. U o’zida tabiiy tilda muloqat qilishni qo’llab
quvvatlovchilarni; turli xil vaziyatlarda foydalanuvchilarga tavsiyalar bera oladigan
ekspert tizimlarini; dasturlashtirishsiz amaliy masalalarni yechuvchi intellektual
amaliy dasturlar paketlarini qamrab oladi.
Shaxsiy kompyuterlar uchun mo’ljallab chiqarilgan amaliy dasturlar paketlari
uchun quyidagi tasniflarni aytib o’tish mumkin:
• matn muharrirlari, matnli prosessorlar va noshirlik tizimlari;
• grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafika vositalari;
• katta o’lchamli elektron jadvallar, jadval prosessorlari;
• telekommunikasion tizimlarni boshqarish amaliy dasturlar paketlari;
• berilganlar bazasini boshqarish tizimi;
• ma’lumotli-qidirish tizimlari;
• su’niy intellekt tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari;
• avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari;
• ma’lumotlarni statistik qayta ishlash paketlari;
• matematik dasturlashtirish amaliy dasturlar paketlari;
• avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari;
• tarkibiga muammoga mo’ljallangan paketlarning bir nechta turini oladigan
integrallashgan amaliy dasturlar paketi.
Matnli, jadvalli va grafik axborotlarni avtomatlashtirilgan holda ishlab chiqishni
amaliy dasturlar paketi ta’minlaydi.