1- MA’RUZA : INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
FANIDAN O’QUV MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH
METODIKASI
REJA:
1. Zamonaviy informatika xonasida o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish.
2.Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish.
3.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil
etish.
«Informatika» va «Axborot texnologiyalari» o‘quv fanlari bo‘yicha amaliy
mashg‘ulotlarda nazariy mashg‘ulotlarda berilgan bilimlar mustahkamlanadi.
Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi o‘quvchilarda bilimlar hosil qilish, o‘quv
va malakalarni shakllantirish hamda ular tafakkurini takomillashtirishdan iborat ekan,
o‘quvchilarga o‘qish, yozish, gapirish, tinglash, fikrlash ko‘nikmalarini birdek
rivojlantirib borish lozim. Bu maqsadni amalga oshirish uchun informatikadan amaliy
mashg‘ulot jarayonida turli mazmundagi mashqlarni bajartirib borish muhim ahamiyat
kasb etadi.
An’anaviy o‘qitish tizimida zarur malakalarni shakllantirish ko‘p sondagi
mashqlarni takroran bajartirish orqali erishishga asoslangan. Mavjud darslik va
to‘plamlarda bir xil turdagi mashqlarning ko‘p sonda berilishini ham shu bilan izohlash
mumkin. Bizningcha, malaka hosil qilishda mashqlarning bu qadar yuzaki bajarilishini
takrorlamasdan, mashqlarning har xil turini tanlash va ularni o‘quvchilar tomonidan
ongli, faol bajarishlarini ta’minlash orqali erishish lozim.
Informatika fanida foydalaniladigan mashqlarni bir nechta turga ajratilgan.
I. Tushunchalar mazmunini ochishga qaratilgan mashqlar. O‘quvchi o‘quv
materialini tushunish uchun mavzudagi har bir tushuncha mazmunini anglab yetmog‘i
zarur. Tushunchalar mazmunini ochishga qaratilgan mashqlar bunday vazifani amalga
oshirishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bu turga oid mashqlarning shartini ushbu
shaklda berish mumkin: «Quyidagi fikrlardan qaysilari to‘g‘ri (noto‘g‘ri):».
Namuna uchun quyidagi mashqni keltiramiz:
1-mashq. Quyidagi fikrlardan qaysilari to‘g‘ri?:
a) VA, YoKI bog‘lovchilari, EMAS to‘liqsiz fe’li qatnashgan darak gap murakkab
mulohaza bo‘ladi;
b) mulohaza qiymati aniq rost yoki yolg‘on qiymatga ega bo‘lishi shart emas;
v) murakkab mulohaza ikkitadan ortiq sodda mulohazadan tuzilishi ham mumkin.
II. Jarayonni tushunishga doir mashqlar. Ma’lum bir ob’ektni o‘rganish uchun
uning tarkibidagi elementlar qanday tartibda joylashganligi yoki biror jarayonni o‘rganish
uchun unda bajariladigan amallarning qanday ketma-ketlikda amalga oshirilayotganligini
to‘g‘ri tushunish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadda sharti «Quyidagi ...larni ... ketma-
ketligida joylashtiring (ko‘chirib yozing yoki o‘qing):», «Quyidagi ...dan keyin ... qanday
bo‘ladi?:», «Quyidagi dastur (algoritm) qanday vazifani bajarishini aniqlang:», «Berilgan
... dasturidagi operatorlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring:» ko‘rinishida berilgan
mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Mashq namunasini keltiramiz:
2-mashq. Berilgan sonning butun yoki butun emasligini tekshiruvchi dastur tuzib,
buyruqlari quyidagi ko‘rinishda almashtirib joylashtirilgan. Ularni to‘g‘ri ketma-ketlikda
joylashtiring va satr raqamlarini yozing:
If n=int(n) then a$=« — butun son» else a$=« — butun son emas»
WriteLn( n,a$);
End.
ReadLn(‘sonni kiriting‘, n);
III. Buyruq va ifodalarni o‘qishga doir mashqlar. O‘quvchilarda bilimlarning to‘g‘ri
shakllanishi uchun buyruq va ifodalarni to‘g‘ri o‘qiy olish malakalarini shakllantirish
muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarning u yoki bu buyruqni to‘g‘ri o‘qiy olishlariga
erishish uchun «Quyidagi ....larni o‘qing:» mazmunidagi mashqlarni bajartirib borish
foydalidir.
Misol keltiramiz:
3-mashq. Quyidagi operatorlarni o‘qing:
a) RESTORE; b) DATA; v) READ.
IV. Yozma nutq va yozish malakalarini shakllantirishga doir mashqlar. Yozma nutq
va yozish malakalarini shakllantirishga doir mashqlarning «Quyidagilarni ... holda
ko‘chirib yozing:», «Quyidagi ...larni ... yozing:» ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin.
Bu turga quyidagi mashqni misol qilib ko‘rsatish mumkin:
4-mashq. Quyidagi jadvallardan sonli va belgili elementlarga ega bo‘lganlarini
ajratib yozing:
a) A (21); b) L$ (19);
v) SUZ% (9,9); g) K$ (N%,M%).
V. Noto‘g‘ri berilganlarni tuzatishga doir mashqlar. Noto‘g‘ri berilganlarni
tuzatishga doir mashqlarning «Quyidagi ...larni yozishda qanday xatolarga yo‘l
qo‘yilgan:», «Quyidagi ...lardan qaysilarini yozishda xatoga yo‘l qo‘yilganligini aniqlang
va ularni izohlang:», «Dasturdagi o‘rinlari noto‘g‘ri joylashtirilgan operatorlarni
tuzating» ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin.
VI. So‘zli yozuvdan belgili yozuvga va, aksincha, belgili yozuvdan so‘zli yozuvga
o‘tishga doir mashqlar. Yozuvni so‘zli tildan belgili yozuvga o‘tkaza olish o‘quvchilar
fikrlash qobiliyatining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bunday mashqlar o‘quvchini o‘z
fikrini og‘zaki nutqda ham, yozma bayonda ham aniq ifodalashga o‘rgatadi. Bu
maqsadda «Quyidagi ...larni Paskal tilidagi operator shaklida yozing:», «Quyidagi har bir
jumlani Beysik tilidagi operator shaklida yozib, dastur hosil qiling:», «Quyidagi
dasturning har bir satri qanday vazifani bajarishini ayting (yozing):» mazmunidagi
mashqlarni barajtirish foydalidir.
So‘zli yozuvdan belgili yozuvga va, aksincha, belgili yozuvdan so‘zli yozuvga
o‘tishga doir mashqqa misol sifatida quyidagi mashqni ko‘rsatish mumkin:
5-mashq. Quyidagi buyruq shaklida berilgan shartlarni Paskal tilida yozing:
a) A$ belgili kattalikning 5-belgisidan boshlab uchta belgisini qirqib olganda
«LAR» qo‘shimchasidan iborat bo‘lsa, S ning qiymati bitta orttirilsin;
b) V$ belgili kattalikning 8-belgisi «A» harfidan iborat bo‘lmasa, bu belgi ekranga
chiqarilsin;
v) uzunligi L bo‘lgan L$ so‘zning uchinchi harfi «B» bo‘lsa, uni «V» harfi bilan
almashtirilsin.
VII. Hisoblashga doir mashqlar. Informatikadan turli mazmundagi hisoblashga doir
mashqlarni bajartirish o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishning muhim omilidir. Hisoblashga
doir mashqlarning «Quyidagi amallarni bajaring:», «... ni hisoblang.» ko‘rinishlaridan
foydalanish mumkin.
Misol:
6-mashq. Takrorlash operatori sarlavhasi quyidagicha bo‘lganda uning tanasi necha
marta bajariladi:
FOR Z = 5 TO 7 DO ...;
VIII. Algoritm va dastur tuzishga doir mashqlar. Bunday mashqlarning «...
algoritmini tuzing.», «... algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tasvirlang.», «... dasturini
tuzing.» ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin.
XI. Mavzularning o‘z xususiyatidan kelib chiqadigan mashqlar. Informatikada
shunday mashqlar ham bajartiriladiki, ularni bajarishda talab qilinadigan faoliyat
yuqorida ko‘rilgan mashq turlaridan bir nechtasida ishtirok etadi va ularning har biri
mashq bajarilishida muhim hisoblanadi. Shuning uchun ularni yuqoridagi mashq
turlaridan birortasining tarkibiga kiritish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Biz ularni mavzularning o‘z
xususiyatidan kelib chiqadigan mashqlar deb umumiy bir turga ajratganmizki, bunday
mashqlar turli mazmunda berilishi bois ularni sanab o‘tishning imkoniyati yo‘q.
Misol:
7-mashq. AAK-8 harf raqamli kodlash usulidan foydalanib, quyidagi gapni o‘n oltili
kodlang:
«Ona — buyuk zot!»
Ushbu mashqda tushuncha mazmunini ochish, jarayonni tushunish, o‘qish, yozish,
hisoblashga oid faoliyatlarning har biri va asosiysi, kodlashtirishning o‘zi xususidagi
bilimlarga ega bo‘lish talab qilinadi. Mashqni bajarish jarayonida asosiy e’tibor
ko‘rsatilgan faoliyat turlariga emas, kodlashtirishni o‘rganishga qaratiladi.
Informatikadan amaliy mashg‘ulotlarda o‘tgan mavzusini takrorlash va malaka hosil
qilishga bag‘ishlanib, mashg‘ulotlar yangi o‘quv materialini o‘rganish va mustahkamlash
darsining davomi sifatida unga bog‘lab tashkil etiladi. Ushbu mashg‘ulotlarda ko‘proq
turli-tuman mashqlardan foydalaniladi, o‘rganilgan bilimlar ustida o‘quvchilar faoliyati
tashkil etiladi, bilimlar turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etiladi. Bilimlarni esga tushirish,
ularni o‘quv va hayotiy sharoitlarga tatbiq etish natijasida o‘quvchilarga shu bilimlarga
oid malakalar shakllanadi.
Amaliy mashg‘ulot asosan uchta bosqichdan iborat:
a. o‘rganilgan bilim va faoliyat usullarini ongli esga tushurish;
b. esga tushurilgan bilim va faoliyat usullarini yangi o‘quv sharoitlariga tatbiq qilish;
c. bilimlarni yangi dalillar bilan boyitish.
Bunday mashg‘ulotlar ko‘nikmalarni malaka darajasiga ko‘tarish, mavzu doirasida
yangi bog‘lanish, aloqalarni ajratish va qayd qilish bilan o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Misol sifatida «Windows operatsion sistemasi» mavzusi bo‘yicha amaliy
mashg‘ulotni o‘tish metodikasini keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: |