- mustaqil bajarish uchun savol va vazifalar.
Misol sifatida quyidagi laboratoriya ishini keltiramiz.
Windows xp operatsion tizimida
Papka va fayllarlar bilan ishlash mavzusi bo‘yicha
Laboratoriya ishi
(2 soat)
Maqsad: talabalarda Windows XP operatsion tizimida
fayl va papkalar bilan
ishlash, yaratish, nusxalash, ularni boshqa papkalarga ko‘chirish ko‘nikma va malakasini
hosil qilish.
Kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar: zamonaviy kompyuter, Microsoft
Windows operatsion tizimi.
Topshiriqlar:
1.
Windows XP operatsion tizimining ish stolida yangi papka yaratish. Ish
stolining
bo‘sh
o‘rnida
kontekstli
menyu
xosil
qiling.
Ro‘yxatdan
buyruqlar ketma- ketligini tanlang.
Natijada ish
stolida yangi papka belgisi va Novaya papka so‘zi faollashgan yozuv maydonchasi xosil
bo‘ladi. Klaviaturadagi Delete tugmachasi orqali yozuv maydonchasini tozalab yangi
papka uchun «Informatika» deb nom kiriting va tasdiqlang.
2.
«Moi dokumentы» ilovasini ishga tushiring. Xosil bo‘lgan oynadan biror
fayl yoki papkani belgilang.
3.
Ob’ektdan nusxa olish. Gorizontal menyu satridan Pravka
Kopirovat
buyruqlarini tanlang.
Natijada tanlangan ob’ektdan
olingan nusxa xotiraga, ya’ni «Bufer obmena» ga
olinadi.
4.
Nusxalangan ob’ektni papkaga joylash. «Informatika» papkasini ishga
tushiring. Oynaning gorizontal menyu satridan Pravka Vstavit buyrug‘ini tanlang.
5.
«Informatika»
papkasida
matnli xujjat yaratish. «Informatika»
papkasini ishga tushirib,
menyu satridan
Fayl Sozdat Tekstovыy
dokument
buyruqlarini tanlang va matnli xujjatga
«Laboratoriya» deb nom bering.
6.
Papkadagi fayldan nusxa olish
va qo‘yish. «Laboratoriya» nomli ob’ekt
ustida kontekstli menyu xosil qiling.
Menyudan Kopirovat buyrug‘ini tanlang.
Nusxalangan
ob’ekt qo‘yilishi
kerak
bo‘lgan oynani ishga tushiring (Masalan,
«Moi dokumenti»ni ishga tushiring). Oynaning gorizontal menyu satridan Pravka
Vstavit buyrug‘ini tanlang. Natijada tanlagan faylning nusxasi «Moi dokumentы»
papkasida aks etadi. Bu amal natijasida faylning asl nusxasi o‘z o‘rnida qoladi.
Uning
nusxasi esa «Moi dokumentы» ilovasida aks etadi.
7. Ob’ektni ko‘chirib o‘tkazish. «Moi dokumentы» ilovasidan biror ob’ekt ustida
kontekstli menyu xosil qiling. Menyudan Vыrezat buyrug‘ini tanlang. So‘ng 4- vazifani
yoki papkaning ob’ektlardan bo‘sh qismida sichqonchaning o‘ng tugmasi yordamida
kontekstli menyu xosil qiling va undan Vstavit buyrug‘ini tanlang.
Natijada tanlangan
fayl papkaga joylashadi. Bu amal bajarilgandan so‘ng faylning asl nusxasi «Informatika»
papkasiga ko‘chib o‘tadi.
8. Sichqoncha yordamida fayllarni ko‘chirib o‘tkazish. Ish stolidagi biror ob’ekt ustiga
sichqoncha ko‘rsatkichini keltiring. Sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosib
ob’ektni tanlang va sichqoncha tugmasini qo‘yib yubormasdan «Informatika» papkasi
ustiga sudrab olib o‘ting. So‘ng sichqonchani qo‘yib yuboring.
Natijada siz tanlagan
faylning asl nusxasi «Informatika» papkasiga ko‘chib o‘tadi.
9.Yangi yaratilgan ob’ektlarni o‘chiring va kompyuter ishini yakunlang.