1
4 - MAVZU: «Psixologiya fanlaridan seminar va laboratoriya mashg’ulotlari» (2 - soat)
R E J A:
·
Psixologiyani o’qitishda amaliy mashg’ulotlarni ahamiyati
·
Seminar mashg’uloti vazifalari va turlari
·
O’quv jarayonida psixologiyadan seminar mashg’ulotlarini tashkil etish
metodikasi
·
Namunaviy seminar mashg’uloti tuzilishi (uyga vazifa)
·
Psixologiyadan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasi
·
Amaliy (mashq, praktikum) mashg’ulotlarini tashkil qilish yo’llari
TAYaNCh TUShUNChALAR:
Seminar mashg’uloti, laboratoriya mashg’ulotlari, amaliy mashg’uloti, laboratoriya
mashg’ulot ishlanmalari, qora daftar, xisobot daftari, laboratoriya mashg’ulotlari turlari,
laboratoriya mashg’ulotlari samaradorligini oshirish.
1. Psixologiyani o’qitishda amaliy mashg’ulotlarni ahamiyati
Oliy va o’rta maxsus o’qitish tizimiga ma’ruza bilan
birgalikda
amaliy (seminar,
laboratoriya, praktikum - mashq) mashg’ulotlar turi ham kiradiki, ular: ta’limiy, tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi hamda nazariyani amaliyot bilan bog’lash funktsiyalarini bajaradi.
“Amaliy mashg’ulot” termini pedagogikaga
oid adabiyotlarda ham keng, ham tor
ma’noda izohlanadi.
“Amaliy mashg’ulot” termini keng ma’noda mashq, seminar (ularning
barcha turlari) va laboratoriya mashg’ulotlarini umumlashtiradi. Amaliy mashg’ulotlarning
ma’ruzadan farqlanadigan asosiy me’yorlaridan biri o’quv
jarayoni qatnashchilarining
birgalikdagi harakatlarida o’ziga xos xarakter bilan namoyon bo’lishdir. Ular vazifalariga ko’ra
ham farqlanadi. Agar ma’ruzada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bo’lsa, amaliy
mashg’ulotlarda bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va detallashtiriladi. Eng muhimi,
amaliy mashg’ulotlar talabalar bilimini sinash uchun ham xizmat qiladi.