R e j a: · Psixologiyani o’qitishda amaliy mashg’ulotlarni ahamiyati


O’quv jarayonida psixologiyadan seminar mashg’ulotlarni tashkil etish



Yüklə 126,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix05.05.2023
ölçüsü126,66 Kb.
#108113
1   2   3   4   5   6   7   8
R e j a · Psixologiyani o’qitishda amaliy mashg’ulotlarni ahami

3. O’quv jarayonida psixologiyadan seminar mashg’ulotlarni tashkil etish
metodikasi
Seminar mashg’ulotlarning mavzu rejasini tuzishda, talabalar kurs buyicha ma’ruzalarda
tinglangan nazariy va uslubiy bilimlarini yanada tularok ochishga, psixologiya buyicha ilmiy
adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga imkoniyat yaratishga xarakat qilinadi. Professor-
o’qituvchilar talabalarni seminar mashg’ulotlariga tayyorlashda, talabalarni o’z javoblarida ba’zi
baxsli, munozarali savollar bilan ilmiy asoslangan va o’z isbotini bera oladigan fikrlarga
tayangan xolda javob berishga o’rgatadilar. Seminar mashg’ulotlarning samaraligi ko’pincha
darsning qanday o’tganligiga bog’lik.


3
Eng asosiysi - fanni puxta o’zlashtirish: unga qiziqish va talabalarning darsdagi
faolligidir. Seminar mashg’ulotlarini turli xil shaklda o’tkazish muljallangan. Ular: faol o’yinlar,
aralash diskussiya va referat shakllaridir.
Uslubiy tomondan tug’ri tashkil etilgan seminarda talabalar javoblariga ijodiy yondashib,
munozara-baxs ko’rinishida utadi. Munozara vaqtida talabalar javob berayotgan o’rtoqlarning
fikrini tinglash, o’z javoblari bilan solishtirish va bilimlarini to’ldirishlari, kamchiliklarini
to’g’rilashlari, baxsda o’z fikrlarini bayon qilishlari mumkin. Ijodiy tusda o’tkaziladigan
seminarlarda talabalar fanga bo’lgan qiziqishlarining ortishi, o’z dunyo qarashlari kengayishiga
ishonch xosil qilishlari, bilimlari o’sishiga erishishlari mumkin.
O’qituvchilar talabalarni seminar mashg’ulotlari orqali o’ylashga o’rgatadilar, ilmiy
asoslangan bilimlarni egallashlari uchun yo’llanma beradilar. Mavzuni mustaqil o’rganishda
chuqur qiziqish o’yg’otadilar. Ma’ruza, referat, so’zga chiqish, bahsli munozaralarda ishtirok
etish talabalardan o’z fikrini aniq, lunda, mantikan asoslangan, yuqori darajada savodli bo’lish
imkoniyatini yaratadi. Seminar mashg’ulotlari muhokamasida faqat ma’ruzachi emas, balki
barchaning faol ishtirok etishiga e’tibor qilish muhimdir.
Seminar faol o’tishi o’quv - tarbiya ishlarida alohida ahamiyatga egadir. Seminarning
referat shaklida ma’ruzachi va to’ldiruvchining avvaldan talabalar orasidan tayinlab qo’yilishi,
ular o’z referatlarini muhokamaga tavsiya qilishlari lozim bo’ladi. Seminarning aralash shaklida
ma’ruzalar muxokamasi va mavzu bo’yicha erkin so’zga chiqishlar mavzuni yoritishda ruxsat
etiladi.
So’ngi vaqtlarda seminar mashg’ulotlarida faol o’yinlardan keng foydalanilmoqda. Faol
o’yinli mashg’ulotlarda talabalar guruhi o’zlarining bo’lajak kasblari faoliyati jarayonida
uchratish mumkin bo’lgan amaliy xolatlarni xal etishda nazariy bilimlarni sinab ko’radilar.
Seminar mashg’ulotlariga mustaqil tayyorgarlik kurish talabalarni ko’rsatilgan
adabiyotlar asosida konspekt - dars mavzusini tayyorlashga o’rgatish, mavzudagi asosiy bo’lgan
fikrlarni ajratib olish, rejadagi har savolga mantiqiy to’g’ri javob topa bilishga o’rgatadi.
Seminar mashg’ulotlari talabalarni psixologik voqealarning asosiy magzini tushunishi, ularning
asosiy ma’nosini anglashga o’rgatuvchi o’quv ishidir. Psixologik fanlarning asosini bilish,
bo’lajak pedagoglarni amaliy masalalarni muvaffaqiyatli xal etishlariga hamda kelajak avlod
tarbiyasida, shuningdek, psixologiya buyicha seminar mashg’ulotlarini uslubiy tomonidan to’g’ri
tashkil etish va o’qitishlariga yordam beradi.
Seminar mashg’ulotlarida ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mavzularni
talabalar tomonidan kengrok va mukammalrok o’zlashtirishlariga, mustaqil fikrlashga, ijodiy
izlanishga keng imkoniyat yaratadi.

Yüklə 126,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin