R e j a: · Psixologiyani o’qitishda amaliy mashg’ulotlarni ahamiyati


Psixologiyadan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasi



Yüklə 126,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix05.05.2023
ölçüsü126,66 Kb.
#108113
1   2   3   4   5   6   7   8
R e j a · Psixologiyani o’qitishda amaliy mashg’ulotlarni ahami

5. Psixologiyadan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasi
Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar «Psixologiya» kursini o’qitishning muhim tarkibiy
qismlaridir. Ular egallangan nazariy bilimlarni faollashtiradi, mustahkamlaydi va
konkretlashtiradi. «Laboratoriya» so’zi lotin tilidan «laboratorium» - ishlash – degan ma’noni
bildiradi, ya’ni ilmiy-tadqiqot, o’quv-amaliy tajribalarini o’tkazish uchun ajratilgan va
jihozlangan maxsus xonadir.
Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar psixologik tadqiqot o’tkazishning sodda
metodlari va usullarini o’rganib boradilar. Keyinchalik ular bu metodlarni kundalik pedagogik
faoliyatlarida qo’llashlari mumkin. Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalarning o’zlari
tadqiqotchi va sinaluvchi sifatida ishtirok etadilar va ishtirok etayotgan eksperimentlarni
mustaqil o’tkazishga o’rganadilar. Tajribalarda qatnashish, turli xil test topshiriqlarini bajarish
har doim talabalarda qiziqish uyg’otadi. Chunki bu chora-tadbirlar ularning o’zlarini bilish,
o’z-o’zini anglash, shaxsiy psixologik sifatlarni belgilash, o’zining taraqqiyot darajasini
aniqlash va o’z psixologik xususiyatlarini diagnostika qilish imkoniyatini beradi.
O’z bilimlarini talabalar xilma xil psixologik masalalarni echishda namoyish etishlari
mumkin. Psixologik masalalarni echish jarayonida talabalar egallanayotgan bilimlar bo’lajak
faoliyat uchun qanchalik muhimligiga yana bir bor amin bo’ladilar. Talabalarga masalalarni
echtirish orqali o’qituvchi materialning o’zlashtirish darajasini tekshirish imkoniyatiga ham ega
bo’ladi.
Laboratoriya mashg’ulotlarida kompyuter texnikasi qo’llanilganda talabalarning
barcha aqliy imkoniyatlari mujassamlanadi, bunda shunchaki yakuniy natijalarning nazoratini
emas, balki talabalarning o’z-o’zini nazorat qilish yuzaga chiqadi.
Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish va qo’llash mumkin bo’lgan bir qancha ish
turlari mavjud. Har bir mashg’ulot uchun ish turini tanlash darsning mavzusi, o’qituvchining
imkoniyati va texnik xolatlariga bog’liq bo’ladi. Laboratoriya mashg’ulotlarini boshlashdan
avval o’qituvchilar talabalarning nazariy tayyorgarligini tekshirib ko’rishlari talab etiladi. Tajriba
ishini olib borish haqida tafsilot belgilari yozib borish uchun qora daftar, ish natijalarini
sinchkovlik bilan qayta ko’rib chiqib, tartibga solingan keyingi xisobot daftari, hamda qilingan
ishlar bayoni ham rasmiylashtiriladi.
Mashg’ulotlarni maktab materiali (ayniqsa, «yosh va pedagogik psixologiya» kursidan),
ya’ni u yoki bu metodlardan foydalangan xolda, maktabdan olingan ma’lumotlar asosida
o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu talabalarning o’quvchi psixologiyasi haqidagi bilimlarini
aniqlashtirish va chuqurlashtirishga yordam beradi, yosh psixologiyasi masalalariga bo’lgan
qiziqishlarini o’stiradi.
Talabalar laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazishga jalb qilinganda o’quv guruhi yana 2-ta
guruhga bo’linadi hamda har bir talabaga mustaqil tajriba o’tkazish va sinaluvchi rolida bo’lish


5
imkoniyati beriladi. Tajriba natijalari protokolga (qaydnomaga) yoziladi va o’qituvchi bilan
birgalikda muhokama qilinadi.
Laboratoriya mashg’ulotlari rejasini tuzishda talabalarga ma’ruzalarda ko’rib chiqilgan
mavzularning metodologik va nazariy tomonlarini mumkin qadar to’larok ochish, ilmiy adabiyot
bilan mustaqil ishlay olishga o’rganish, psixologik tadqiqot metodikasi bilan tanishish, maktab
o’quvchilari shaxsining tarkib topishi va rivojlanishini kuzata bilish, psixologik dalillarni tahlil
etish, baholash hamda to’g’ri psixologik–pedagogik xulosalar chiqara bilishni o’rganish
imkoniyatini yaratishni nazarda tutish kerak.
Laboratoriya mashg’ulotlari rejasi, mavzuga taalluqli bo’lgan adabiyotlar oldindan
talabalarga havola etiladi. Sharoitga qarab ba’zi ish shakli va metodi o’zgartirilishi mumkin.
Ayrim topshiriqlarning mazmuni o’zgartirilishi yoki ularni boshqasi bilan almashtirilishi,
ba’zilarini esa talabalarga mustaqil ish tariqasida topshirilishi ham mumkin.
Shunday qilib, laboratoriya mashg’ulotlarining asosiy tavsifi shundaki, unda talabalar
mustaqil ravishda vazifa bajaradilar yoki eksperiment o’tkazadilar. Ilmiy-texnik taraqqiyot
sharoitida laboratoriya ishlari talabaga nazariy bilimlarni qo’llash mexanizmini chuqur va
ko’rgazmali o’rganish imkonini beradi. Laboratoriya mashg’ulotlari talabada tadqiqot
o’tkazish ko’nikmalarini shakllantiradi, fan va texnikaga ijodiy yondashishni ta’minlaydi,
eksperimentning umumiy metodikasini egallashga imkon beradi.
Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
· laboratoriya mashg’ulotlarini rejalashtira olish va o’tkaza olish;
· laboratoriya mashg’ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
· fan va ishlab chiqarish bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga
talabalarda qiziqish uyg’otish;
· talabada natijani mustaqil ravishda qo’lga kiritish imkoniyatini ta’minlash;
· talabani nazariy jihatdan tayyorlash;
· laboratoriya mashg’ulotlari nafaqat aniq mavzu bo’yicha bilimlarni yakunlash, balki
talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.

Yüklə 126,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin