(E=>E).
2. Noelektrik kattaliklarni elektr kattaliklarga o’zgartiruvchi o’zgartgichlar
(NE=>E).
1- turdagi o’zgartgichlarga masshtabli (shunt qarshiligi, qo’shimcha
rezistorlar, kuchlanish bo’lgichlari, o’lchash tok va kuchlanish transformatorlari,
kuchaytirgichlar va h.k) o’zgartkichlar, hamda to’g’irlagichli o’zgartgichlar (yarim
o’tkazgichli elementlardan ishlangan (diodli) o’zgartkichlar) kiradi.
2 – turdagi o’lchash o’zgartgichlariga noelektrik (elektrmas) kattaliklarni
(masalan, mexanik, issiqlik,kimyoviy, optik va boshqa turdagi) elektr kattaliklariga
(tok, E.Yu.K., qarshilik kabi) o’zgartiruvchi o’zgartkichlar datchiklar deb yuritiladi
va o’lchanayotgan kattalikning turiga qarab tegishli nomlarga ega bo’ladi.
Masalan, bosim datchigi, moment datchigi, siljish datchigi, sath datchigi, issiqlik
datchigi va h.k. Ta’kidlab o’tilgan parametrik o’lchash o’zgartkichlarida
kirishdagi signal (mexanik siljish, bosim, o’g’irlik kabi) bo’lib, chiqishdagi esa
faqat elektr signali (elektr qarshiligi, elektr sig’imi, elektr yurituvchi kuch va
boshqalar) bo’ladi.
Bulardan tashqari elektromexanik turidagi elektr o’lchash asboblarining
asosiy qismi bo’lib hisoblanuvchi turli tuzimga oid o’lchash mexanizmlari ham
o’lchash o’zgartkichlari qatoriga kiradi. Chunki o’lchash mexanizmlarining
ishlashi shunga asoslanganki, ularda o’lchanadigan kattalik (ya’ni elektr energiya)
mexanizm qo’zg’aluvchan qismini harakatlanishiga, yani burchakli yoki chiziqli
surilishiga (mexanik energiyaga) o’zgartiriladi.
Telemexanika va teleo’lchash tizimlarida (masofadan o’lchashlar va
boshqarishda) me’yorlovchi o’lchash o’zgartkichlari keng qo’llaniladi. Bu
o’zgartkichlarda har – xil elektr (kuchlanish, chastota, quvvat) va noelektrik
(bosim, harorat va boshqalar) kattaliklar unifikatsiyalangan (umumlashtirilgan)
elektr signaliga (odatda o’zgarmas tok signaliga) o’zgartiriladi. Bunga “Sapfir”
turidagi bosim o’zgartkichi misol bo’la oladi.
O’lchash o’zgartkichlarining chiqishidagi o’lchash informatsiyasining
signali kuzatuvchining ko’rishi (kuzatishi) uchun moslanmagan bo’lganligi
sababli, bu o’zgartkichlar alohida (mustaqil) o’lchash vositasi sifatida
ishlatilmaydi. O’lchash o’zgartkichlari faqat o’lchash asboblari bilan birgalikda
yoki o’lchash qurilmalari yoki o’lchash tizimlarining tarkibida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |