4 – mа’ruzа. Elеktr o‘lchаsh vоsitаlаri to‘g‘risidа umumiy mа’lumоtlаr.
Rеjа: 1. Elеktr
o‘lchаsh vоsitаlаri to‘g‘risidа umumiy mа’lumоtlаr.
2. Elеktr o‘lchаsh vоsitаlаrini bаjаrаdigаn funksiyasigа qаrаb turlаnishi.
3. O‘lchоvlаr, o‘lchаsh o‘zgаrtkichlаri, o‘lchаsh аsbоblаri, o‘lchаsh
qurilmаlаri, infоrmаtsiоn o‘lchаsh tizimlаri, ulаrning ishlаnishi, strukturа
sxеmаlаri.
Tаyanch s
o‘zlаr: o‘lchоv, etаlоn, o‘zgаrtkich, dаtchik, аnаlоgli аsbоb,
rаqаmli аsbоb, stаndаrt nаmunа, nаmunаviy mоddа.
Elektr o’lchash vositalari – deganda elektr, magnit, noelektrik kattaliklarni,
elektr zanjir parametrlarini o’lchashda qo’llaniladigan qurulmalar majmuasiga
aytiladi.
Elektr o’lchash vositalari ularni bajaradigan funksiyasiga qarab quyidagi
guruhlarga bo’linadi: o’lchovlar, etalonlar, o’lchash o’zgartkichlari, o’lchash
asboblari, o’lchash qurilmalari va informatsion – o’lchash tizimlari.
O’lchov deb – kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan (tiklaydigan),
saqlaydigan texnik vositaga aytiladi.
O’lchovlar o’zgarmas va o’zgaruvchan qilib ishlanadi, ya’ni bir qiymatli,
masalan: qarshiligi 0.1 Om bo’lgan g’altak yoki normal element, tarozi toshi,
o’zgarmas yoki bir qiymatli o’lchovdir; har xil sig’imni olishga imkon beruvchi
o’zgaruvchan sig’imli kondensator esa o’zgaruvchan, yani ko’p qiymatli
o’lchovdir.
Bir qiymatli o’lchovlar birikmasi o’lchovlar to’plamini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |