Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o’lchovlar turkumiga
kiritilgan.
Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini
tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o’lchov sanaladi.
Masalan, g’adir – budrlikning namunalari, namlikning standart namunalari.
Namunaviy modda – esa, muayyan tayyorlash sharoitiga hosil bo’ladigan
va aniq xossalarga ega bo’lgan modda sanaladi. Masalan, “toza suv”, “toza metal”
va h.k.
Kattalik birligini qayta tiklash va saqlash uchun mo’ljallangan o’ta yuqori
(metrologik) aniqlikdagi maxsus o’lchash vositalari etalon deb ataladi va birlik
o’lchamini uzatishda metrologik zanjirning oliy zvenosi hisoblanadi.
Etalon (o’lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni) – kattalikning o’lchamini
qiyoslash sxemasi bo’yicha quyi tabaqa vositalarga uzatish maqsadida, shkalani
yoki kattalik birligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo’ljallangan va
belgilangan tartibda etalon sifatida tasdiqlangan o’lchash vositasi yoki o’lchash
vositalarining majmui.
Etalonlar konstruktiv ishlanishiga va tarkibiga qarab bo’linadi: etalon
Dostları ilə paylaş: |