Raqamli asboblar. Raqamli o’lchash asbobi deb, o’lchash borasida uzluksiz
o’lchanadigan kattalikning natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni
yozib boruvchi qurilmada diskret tarzda o’zgartirilib, indikasiyalanadigan
asboblarga aytiladi.
Raqamli asboblar, diskret o’lchash usuliga asoslangan bo’lib, asbobning
ko’rsatishi raqam ko’rinishida bo’ladi, shu sababli ularning ko’rsatuvlari osongina
qayd qilinadi, ularni EHM ga kiritish juda qulay.
Elektr o’lchash asboblarini qayd qiluvchi, o’ziyozar, bosmalovchi,
integrallovchi va jamlovchi turlari ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: |