Qayd qiluvchi elektr o’lchash asboblarda – ko’rsatuvlarni yoki
diagrammali qog’ozda yozib olish yoki raqamli tarzda qayd etish ko’zda tutiladi.
Integrallovchi elektr o’lchash asboblari – berilgan (o’lchanadigan)
kattalikni vaqt bo’yicha yoki boshqa mustaqil o’zgaruvchi ko’rsatkich bo’yicha
integrallash xususiyatiga ega. Bunga misol qilib elektr energiya hisoblagichini
ko’rsatish mumkin.
Jamlovchi elektr o’lchash asboblarda – ko’rsatishlar turli kanallar orqali
berilgan ikki yoki bir necha kattaliklarning yig’indisi bilan funksional bog’langan
bo’ladi. Bunga bir necha generatorlar quvvati yig’indisini o’lchash uchun
mo’ljallangan vattmetrlar misol bo’la oladi.
Dostları ilə paylaş: |