.
O’lchash qurilmalari – bir joyda joylashgan ham funksional, ham
konstruktiv
bog’langan
o’lchash
vositalarining
(o’lchovlar,
o’lchash
o’zgartgichlari, o’lchash asboblar) va yordamchi vositalar yig’ilmasidan iborat
bo’lib, o’lchash jarayonini ratsional tashkil etishda xizmat qiladi.
O’lchash qurilmalariga, suyuqlik va gazlarni sarfini o’lchash uchun
ishlatiladigan o’lchash komplekslari, elektr o’lchash asboblarini sinovdan o’tkazish
va darajalash (graduirovkalash) qurilmalari misol bo’ladi.
O’lchash tizimlari – bir – biri bilan maxsus aloqa kanallari orqali yig’ilgan
va funksional bog’langan o’lchash vositalari (o’lchovlar, o’lchash o’zgartgichlari
va o’lchash asboblari), yordamchi qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalari
majmuidan iborat bo’lib, o’lchash informatsiyasi signalini avtomatik tarzda qayta
ishlash uchun qulay formada ishlab berish uchun mo’ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |