14 – mа’ruzа: Aktiv energiya elektron hisoblagichi bo’yicha umumiy
ma’lumotlar.
Reja:
1. Aktiv energiya energiya elektron hisoblagichi to‘g‘risida umumiy
ma’lumotlar
2. Elektron hisoblagichining strukturali sxemasi, uning bloklari.
3. Elektron hisoblagichining alohida bloklari (qismlari) ning funksiyasi
Tayanch so‘zlar: Quvvat o‘zgartkich, modulyator, hisoblagich, impulslar
ketma – ketligining davriyligi, to‘g‘ri burchakli impulslar.
Aktiv energiya energiya electron hisoblagichi to‘g‘risida umumiy
ma’lumotlar.
Aktiv energiya elektron hisoblagichlari yuqori metrologik ko’rsatkichlariga
ega. Hozirda ishlab chiqarilayotgan elektron hisoblagichlari mikroelektronika va
raqamli qayta ishlash usullari yutuqlaridan foydalanishga asoslangan holda
xalqaro (IEC) va davlatlararo (GOST) standartlariga muvofiq yuqori aniqlikda
o’lchashni ta’minlaydi hamda bir qator qo’shimcha funksiyalarni ham
bajaradi.Yangi ishlab chiqarilayotgan aktiv energiya elektron hisoblagichlari
chidamli (ishonchliligi yuqori) kompaktli, keng chastota diapazonida 0 Hz dan
boshlab, va ular nafaqat o’zgaruvchan tok zanjirlarida, balki o’zgarmas tok
zanjirlarida ham yuqori aniqlikda o’lchash xususiyatiga ega (aniqlik klassi 0,2 va
0,5).
Dostları ilə paylaş: |