1 – mа’ruzа. Elektr o’lchash usullari va asboblari bo’yicha umumiy ma’lumotlar. Rеjа


 Elektr o’lchash usullari va asboblari fanining



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/126
tarix02.01.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#36994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
elektr olchash usullari va asboblari fanining xalq xojaligi fan texnika rivojidagi roli ahamiyati.

 

2. Elektr o’lchash usullari va asboblari fanining 

xalq xo’jaligi, fan – texnika rivojidagi roli, ahamiyati. 

 

Fan  texnikaning  rivoji  (taraqqiyoti),  xalq  xo’jaligining  barcha  sohalaridagi 

taraqqiyot hamma vaqt o’lchashlar bilan chambarchas bog’liq bo’lib kelgan. 

Elektr  o’lchash  usullari  va  asboblari  fan  sifatida  o’lchash  usullari,  o’lchash 

vositalari  va  ular  yordamida  har  xil  kattaliklarni  o’lchash,  o’lchash  xatoliklari 

hamda ularga bog’liq va tegishli bo’lgan masalalarni o’z doirasiga oladi. 

Inson aqil – idroki, zakovati bilan o’rganayotgan, shakillantirayotgan hamda 

rivojlantirgan  qaysi  fanni,  uning  yo’nalishini  olmaylik  albatta  o’lchashlarga 

ularning  usullariga, o’zaro bog’lanishlariga duch kelamiz.  Bu o’lchash  usullari  va 

vositalari  yordamida  har  xil  kattaliklarni  o’lchash  va  ularga  bog’liq  masalalarni 

mukammal  o’rganish  orqaligina  amalga  oshiriladi.  Shu  sababli,  hozirgi  qaysi  bir 

fan,  ilmiy  yo’nalishi,  u  xoh  tabiiy,  xoh  ijtimoiy  bo’lmasin,  albatta  u  yoki  bu 

darajada  o’lchash  bilan  bog’liq.  To’la  ishonch  bilan  aytish  mumkinki,  o’lchash 

inson ongli hayotining asosini tashkil etadi. 

Faylasuflarning  tahminicha  fizikaviy  xossalar,  jarayonlarni  tekshirish, 

o’rganishda eng asosiy yo’l (metod) o’lchashlar hisoblanadi. 

Texnika  sohasida  ayniqsa  metrologiyada,  o’lchashlarning  ahamiyati 

texnologik  jarayonlarni  boshqarish,  mahsulotning  yuqori  sifatliligini  ta’minlash, 

nazorat qilish bo’yicha informatsiya hosil qilinishi bilan belgilanadi. 

Xalq  xo’jaligida, ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan  murakkab tizimlarning 

yaratilishi  hamda  ilgaridan  qo’llanib  kelinayotgan  kam  quvvatli,  inertliy  asboblar 



sekin  –  asta  juda  tezkor,  yuqori  metrologik  ko’rsatkichlarga  ega  bo’lgan  asboblar 

bilan  almashtirilmoqdaki,  bu  o’lchash  amalini  bajarilayotgan  shaxslarning 

faoliyatini va tabiiyki ularga qo’yiladigan talablarni ham o’zgartirmoqda. 

O’lchash  jarayonlarini  avtomatlashtirilishi,  kompyuterlashtirilishi  va 

zamonaviy  texnologiyalarning  ishlatilishiga  faqat  programmalashtirilgan  tizimga 

tayangan holda erishish mumkin. 

Zamonaviy  metrologiyaning  rivojlanishida  murakkab  empirik  (tanlash, 

ilg’ash)  metodlarini,  ehtimollik  nazariyasiga  tayangan  holda  statistik  metodlarini 

qo’llanilishi  katta  o’rin  tutmoqdaki,  bu  o’lchashlarning  ilmiy  asoslarini  tashkil 

etadi. 


O’lchashlarni  yuqoridagi  majmui,  albatta  yuqori  darajada  tashkil  etilgan  va 

zamonaviy  asboblar  infrastrukturasi  bilan  jihozlangan  milliy  o’lchash  tizimi 

yordamida  hamda  o’lchashlar  birliligini,  ularning  ishonchliligini,  aniqligini 

ta’minlash shartlari bajarilishi bilan amalga oshirilishi mumkin. 

 

 


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin