3. O’lchash haqida tushuncha.
O’lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki,
unda o’lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik
sifatida qabul qilingan qiymati bilan o’zaro solishtiriladi.
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki, birinchidan, o’lchash har
xil kattaliklar to’g’risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik
eksperimentdir; uchinchidan – o’lchash jarayonida o’lchanadigan kattalikning
o’lchov birligini ishlatilishidir. Demak, o’lchash jarayonida o’lchashdan ko’zda
tutilgan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik va o’lchash ob’yekti ishtirok etadi.
Shunday qilib, uchta tushunchani bir – biridan ajrata bilish kerak: o’lchash,
o’lchash jarayoni va o’lchash usuli,
O’lchash – bu umuman har xil kattaliklar to’g’risida informatsiya qabul
qilish, o’zgartirish demakdir.
Dostları ilə paylaş: |