17 – mа’ruzа. Rаqаmli o‘lchаsh аsbоblаri.
Rеjа: 1. Rаqаmli
o‘lchаsh аsbоblаri to‘g‘risidа umumiy mа’lumоtlаr. Rаqаmli
o‘lchаsh аsbоblаrining funksiоnаl chizmаsi, turlаri.
2. Rаqаmli o‘lchаsh аsbоblаrining аsоsiy qismlаri.
3. Vаqtli pаrаmеtrlаrni o‘lchаshdа ishlаtilаdigаn rаqаmli аsbоblаr.
4. O‘zgаrmаs vа o‘zgаruvchаn tоk rаqаmli vоl’tmеtrlаr, оmmеtrlаr.
Tаyanch s
o‘zlаr: аnаlоg o‘zgаrtkich, аnаlоg-rаqаmli o‘zgаrtkich,
diskrеtlаsh, diskrеt signаl, kvаntlаsh, diskrеtlаsh qаdаmi, kоdlаshtirish, triggеr,
hisоblаgich, indikаtоr, impul’slаr gеnеrаtоri, chаstоtа bo‘lgichi, vаqt intеrvаli,
impul’slаr sоni, kоmpеnsаtsiyalоvchi kuchlаnish gеnеrаtоri, bоshqаrish blоki.
1. Raqamli o’lchash vositalari bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
Raqamli o’lchash asbobi deb, o’lchash borasida uzluksiz o’lchanayotgan
kattalikni natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi
qurilmada diskret tarzda o’zgartirilib, indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi.
Raqamli o’lchash asboblarida tavsiya etiladigan ma’lumotni qulayligi va
aniqligi sababli raqamli o’lchash asboblari ilmiy – tekshirish laboratoriyalaridan
keng o’rin olgan.
Raqamli o’lchash asboblari analog o’lchash asboblariga nisbatan qator
afzalliklarga ega:
- yuqori aniqlik;
- keng ish diapazoni;
- tezkorlik;
- o’lchash natijasining qulay tarzda tavsiya etilishi;
- o’lchash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatlari mavjudligi va
hokazolar.
Albatta,
boshqa
asboblarda
bo’lganidek,
raqamli
asboblari
ham
kamchiliklardan holi emas, bunga ularning murakkabligi, tan narxini balandligi va
nisbatan ishonchliligini pastligi kiradi.
Raqamli o’lchash asboblarida vaqt bo’yicha uzluksiz o’zgaradigan kattalikni
uzuq qiymatlariga o’zgartirish, yoki kodlash ma’lum qoida bo’yicha, masalan,
sanoq tizimi bo’yicha amalga oshiriladi.
Raqamli o’lchash asboblarida o’nlik, ikkilik va birlik sanoq tizimlari
ishlatiladi va qaysi sanoq tizimini (kodlash) ishlatilishi ularni aynan qaysi
hisoblash, boshqarish yoki boshqa qurilmalarda ishlatilishiga bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: |