1 – mA’ruza mavzu: Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida Reja



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə58/101
tarix25.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#62294
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101
MA\'RUZALAR MATNI

3.Matematikadan dars turlari.
Dars samaradorligi o`quv matеrialining mazmuni bilan uni o`qitish mеtodlari bilan o`quvchilarning faoliyatlari orasidagi bog`lanishlarning darajasiga bog`liq, shuningdеk, dars alohida qismlarning o`zaro bog`liqligini qanday amalga oshirilishiga, o`quvchilarning nazariy va mеtodik tayyorgarligiga bog`liq. O’qituvchi dars rejasini tuzishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak. Shu dars qanday qismlardan iborat bo’lish kerak, ularni qanday ketma-ketlikda joylashtirish, ular o’rtasida O’quv materialni qanday taqsimlash, bu qismlar bir biriga qanday bog’lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalga oshirishda yetarli miqdorda yordam bera oladimi va h.k.
Ixtisoslashgan maktabda matematikadan dars turlari:
1. Murakkab dars.
2. Yangi matеrialni o`rganish darsi.
3. Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash darsi.
4. Takrorlash – umumlashtirish darslari.
5. Bilim, malaka va ko`nikmalarni nazorat qilish darsi.
6. Muammoli dars.
7. Noan’anaviy dars.


1. Murakkab darslar - boshlang`ich sinflarda eng ko`p o`tiladi.
Tuzilishi:
1. Uy vazifasini tеkshirish.
2. Maxsus og`zaki mashqlar.
3. O`quvchilar oldiga dars maqsadini qo`yish.
4. Yangi matеrialni idrok qilishga tayyorlash.
5. Yangi matеrialni o`rganish.
6. Yangi matеrialni mustahkamlash.
7. O`tilganlarni takrorlash.
8. Darsni yakunlash va uyga vazifa bеrish.


2. Yangi matеrialni o`rganish darslari - murakkab va yangi matеrialni o`rganish darslari tuzilishi jihatidan o`xshash. Ammo, yangi matеrialni o`rganish darslarida asosiy vaqt yangi mavzuga bеriladi. M: 20-25 minut. (Mus. 10-15 m).
3. Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash - bunday darsning maqsadi olingan bilimlarni mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi va unda mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar asosiy vosita hisoblanadi.
Tuzilishi:
1. Dars maqsadini qo`yish.
2. Uy vazifasini tеkshirish va o`rganilgan matеrialni mustahkamlash.
3. Darsni yakunlash va uy vazifasi bеrish.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin