1 – mA’ruza mavzu: Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida Reja



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə81/101
tarix25.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#62294
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101
MA\'RUZALAR MATNI

6) matematikada didaktik materiallar:
1) predmetga taalluqli didaktik material, 2) matematik mashqli (dastur) ko‘rinishdagi didaktik materiallar bo‘lishi mumkin.
Predmet didaktik materialga hisob cho‘pi, turli xildagi geometrik figuralar to‘plami va h.k.lar kiradi. Matematik mashqli kartochka materiallaridan o‘quvchilarning individual xususiyatlariga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘proq mashq bajarishni ta’minlaydi.
Sinf doskasidagi yozuv, chizma va sxemalar ko‘rgaz-malilikning bir manbai sifatida foydalaniladi.
Chizma va sxemalardan narsa va hodisalarning belgilarini, mohiyatini ko‘rsatish formasida foydalaniladi. Chizma va sxemalar orqali masalaning mazmunini tushuntirish, predmet va hodisalar orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun matematika o‘qitishda eng muhim manbalar bo‘lib hisoblanadi.
Rasmlarni shartli belgilar bilan almashtirish, odatda to‘rtburchak va yo‘lakchani kesmalar bilan almashtirish orqali masalaning sxemasini tuzishda foydalanish mumkin.
Masalan, grafik illyustrasiya turlaridan biri diagramma hisoblanadi. Diagrammalar nuqtalar orasidagi bog‘lanishlarni ko‘rsatish shakli bo‘lib, o‘quvchilardagi to‘rtburchakli koordinata tizimi va funksiya, grafiklarning muhim boshlang‘ich tushunchalari bilan tanishtirish manbaidir.
Diagrammalar ustunli, chiziqli, yo‘lakchali, sektorli turlarga bo‘linadi. O‘quvchilar ularning tuzilishini va o‘qilishini o‘rganadilar. Diagrammadan foydalanib masalalar yechadilar, boshlang‘ich sinfda dastlabki uchta diagramma bilan tanishadilar.


4. O‘quvchilar bilan ko‘rgazmali qurollar tayyorlash.
Ko‘pgina ko‘rgazmali qurollarni: jadvallar, ba’zi modellar, individual foydalanish uchun abak, paletka, hisoblash materiallari, tarqatadigan materiallarning ba’zi turlari va boshqalarni o‘quvchilarning o‘zlari yasashi mumkin.
Har bir ko‘rgazmali qurolni tayyorlash o‘quvchilarda unga nisbatan qiziqish hosil qiladi, uni matematik tizimini bilish ishtiyoqi tug‘iladi. Bu esa o‘quv materialini yaxshi tushunishga va o‘zlashtirishga olib keladi. Ko‘rgazmali qurollar tayyorlash jarayonida predmetlar aro aloqani yuzaga chiqarish mumkin: birinchi tomondan o‘quvchilar o‘zlarining matematik bilim va malakalarini (hisoblash, o‘lchash, chizish) qo‘llaydilar, ikkinchi tomondan mexnat darslarida foydalanadilar. O‘quv-chilar tayyorlagan matematikadan ko‘rgazma qurollarga misollar keltiramiz va ularni yasash haqida qisqacha ko‘rgazma beramiz.
1. Тarqatish materiallari. Geometrik figura, yulduzcha, qog‘ozdagi rasmlar va boshqa predmetlar qog‘oz varaqdan yoki kartondan yasalishi mumkin. Rasmlarni ko‘paytirish uchun karton qolip yoki shtampalar qo‘llaniladi. Ularni ko‘paytirishda kartoshka yoki ryozinadan foydalanish mumkin.
2. Suratli domino va loto. Domino 5x10 o‘lchamda kartondan tayyorlanib, oddiy dominodan shu bilan farq qiladiki, aylana ko‘zlar o‘rniga turli guruhlardagi predmetning rasmlari ishlatiladi.
Loto suratida ham predmet guruhlari tasvirlanadi. Lekin bu yerda ular son o‘rnida ishlatiladi. Dominodagi aylana ko‘zlar o‘rniga predmetlar rasmlarining soni qo‘yiladi.
Suratli domino va lotodagi o‘yin qoidalari odatdagidek bo‘ladi. Bu yerda bolalar faqat sanashnigina bilib qolmasdan, balki turli xil predmetlarni bir-biri bilan taqqoslaydi ham. Bunday o‘yinlardan past o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan o‘tkazadigan individual mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin.

  1. Individual foydalanadigan abak.




yuzlik

O’nlik

birlik

3

4

2

Masalan, shaklda 342 tasvirlangan.


4. Harakatlanuvchi strelkali soat siferblatining modeli. Doira chizib uni shunday bo‘lish kerakki, o‘quvchilar soatni ko‘rsatib turganini aniq ko‘rsin. Lekin boshlang‘ich sinf o‘quvchilari aylanani teng 12 ga bo‘lishni bilmaydilar. Shuning uchun kartondan 10–12 sm diametrli doira formasidagi qolip yasab, uni 12 ta teng bo‘lakka bo‘lib, markazida ozroq teshik qoldirishi kerak. Bu qolip yordamida har bir o‘quvchi o‘zining karton qog‘oziga siferblat konturini yasab oladilar.Talabalar mehnat darslarida buni bajaradilar.
5. Ekker va qoziq (vexa) modellari. Bu modellarning ikkalasi ham 12–13 sm uzunlikdagi cho‘pdan yasalib, uning bir qismi taglik rolini bajaradi. Qoziq cho‘p qora va rangli bo‘laklarga bo‘linib bo‘yaladi. Ekkyerda esa cho‘pning uchiga 4x4 sm dagi kvadrat taxtacha qoplanadi va bu taxtacha burchaklariga qadagichlar qadaladi.
O‘qituvchi ko‘rgazmasi bilan 3–4 o‘quvchi ekkerlar qolgan o‘quvchilar esa qoziqlar tayyorlaydi. Bu modellardan foydalanib sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda masalan, to‘g‘ri chiziq va to‘g‘ri burchaklar yasash mumkin.
6. Namoyish qilinadigan jadvallar, sxemalar, diagrammalar.
Bunday ko‘rgazmalarni tayyorlash uchun eski kitob, jurnal, kalendarning rasmlaridan foydalanish mumkin. Bu rasmlar kattaroq qog‘ozlarga yelimlanib, kerakli chiziq va sonlar bilan to‘ldiriladi. Sonlarni tasvirlash uchun raqamlar eski kalendarlardan kesib olinadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin