1 – mA’ruza mavzu: Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida Reja



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə83/101
tarix25.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#62294
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101
MA\'RUZALAR MATNI

3. Darslik va o‘qitishning tarbiyaviy vazifasi
O‘qituvchi doimo o‘z oldiga «Darslikdagi o‘quv materiali o‘quvchiga qanday tarbiyani beradi?» degan savolni qo‘yishi kerak. Darslikda berilgan ko‘pchilik mazmun va matnli masalalar faqat ta’lim maqsadlarini hal qilishi kerak, degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri. Chunki bu mazmun va mashqlar ko‘pgina tarbiyaviy ishlarni ham amalga oshiradi. Masalan, kishilarning turmush va mehnatlari, xalq xo‘jaligi rejalari, ularni bajarishga intilish, tadbirkorlikning mohiyati, mehnat unumdorligi, xomashyo, vaqtni tejash, narx, savdo, texnika va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar beradi.
Darslikda tavsiya qilingan har xil turdagi mashqlar boshlang‘ich sinfda matematika o‘qitish orqali amalga oshiriladigan tarbiyaviy masalalarning bajarilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Mashqlar tizimi shunday tuziladiki, bu orqali o‘quvchilar bilimlarni kuzatish, taqqoslash orqali kuzatiladigan faktlarning farqli tomonlarini aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Darslik maxsus yo‘nalishdagi vazifalarni tavsiya qilishi lozim. Masalan, «quyidagi masalalar qaysi tomonlari bilan o‘xshash va qaysi tomonlari bilan farq qilishini ayting».
O‘qitishning samaradorligi ana shu imkoniyatlarni hisobga olish orqali amalga oshiriladi. Bunda ko‘p sondagi mashqlar turli xil ifodalarni taqqoslash bilan bog‘liqdir. Masalan, amal komponentlari va amal natijalari orasidagi bog‘lanishni aniqlash uchun tuzilgan jadvallar orqali bu komponentlarning o‘zgarish sabablarini bilib oladilar.
Тarbiyaviy vazifalarni yechish uchun darslikda illyustrativ (tasvirli) materiallar ko‘rsatilgan. Ular o‘quvchilarning aniq va abstrakt fikrlashining rivojlanishiga yordam beradi. Predmet ko‘rgazmasidan shartli ravishdagi ko‘rgazmaga (sxema, chizma) o‘tish har xil shakldagi matematik munosabatlarni modellashtirish bilan o‘quvchilarni tanishtirish taminlanadi. Darslikdagi illyustrativ tasvirlar matematika o‘qitish bilan turmushni mustahkam bog‘lashda katta rol o‘ynaydi, ular matematik bog‘lanishlar bilan tanishadilar va ularga amaliy qo‘llanish imkoniyatlarini ko‘rishda yordam beradi, matematikani umumlashtirish uchun material beradi, bolaning shaxsiy tajribasini boyitadi.
Darslikdagi illyustratsiyalar o‘quvchilarning bilim boyliklarini kengaytirishga, atrofdagi hayotning har xil tomonlari bilan tanishtirishga imkon beradi. Bu illyustrasiyalarning mazmuni har xil bo‘ladi.
Ular o‘quvchilarni uy turmushi va maktabidagi o‘yinlari, tabiat hayoti, o‘rab turgan tabiatga odamning munosabatini tushuntirishda yordam beradi. Aks ettirilgan illyustrasiyalar har xil kasbdagi odamlar bilan bolalarni tanishtiradilar. Rasmlar yangi texnikani foydalnishdagi mehnat faoliyati va bolalarning kattalarga qaraganda madaniy dam olishining ko‘proq vaqt egallashini ko‘rsatuvchi illyustratsiyalardir.
Barcha darslikdagi illyustratsiyalar tavsiya qilingan matematik masalalarning turli xilligi va boyligini aks ettiradi. Rasmlardan foydalanishda shu narsa diqqat markazida turishi kerakki, matematikaga qiziqish uyg‘otsin, boshlang‘ich matematika kursini o‘zlashtirishga yordam bersin.
O‘quvchilarda tarbiyani shakllantirishda ularning kitob ustida mustaqil ishlashi katta ahamiyatga ega. Darslik bu bilimlarni o‘zlashtirishda keng imkoniyatlar ochib beradigan birdan-bir manbadir.
Matematika o‘qitish vositalari – bu ta’lim jarayonida foydalaniladigan barcha o‘quv qo‘llanmalardir. Matematika o‘qitish vositalariga:
1) Darsliklar va qo‘llanmalar;
2) Ko‘rsatmali qo‘llanmalar;
3) O‘qitishning texnik vositalari (O‘ТV) kiradi.
Boshlang‘ich sinflar uchun matematika darsliklari asosiy o‘qitish vositalari bo‘lib, ular o‘z ichiga dastur materiallarini oladi. Unga asosiy o‘quv va malakalarning shakllanishini ta’minlashi lozim bo‘lgan mashqlar va topshiriqlar tizimi kiritiladi. Darslik yangi narsani o‘rganishda u yoki bu uslubiy yondashishni ko‘rsatib beradi.
O‘qitish vositalarining obyektlari to‘plami sifatida xarakterli xususiyati shundan iboratki, ularning har biri:
a) o‘rganilayotgan tushunchani to‘la tasvirlaydi yoki qisman almashtiradi.
b) o‘rganilayotgan tushuncha haqida yangi ma’lumotlar beradi.
O‘qitish vositalarini har xil tabiatli modellarning to‘plami sifatida arab va klassifikatsiya asosi uchun o‘rganilayotgan faktlarning qayta tiklash usullarini qabul qilib, ularni asosan ikki sinfga bo‘lish mumkin: ideal modellar sinfi va material-predmetlar modeli. Matematikadan muntazam darsliklar, didaktik materiallar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘qituvchiga yordam tariqasida chiqariladigan har xil tavsiyanomalar va hokazolar ideal modellar sinfiga kiradi. Har xil modellarni (sanoq cho‘plari, predmet kartinalar, geometrik figugalar modellari va hokazo), jadvallar, diafilmlar va boshqalarni material-predmetlar sinfiga kiritish mumkin (o‘qitishning bu vositalari katta ko‘rsatmalikka ega, shu sababli ularni ko‘rsatma-qo‘llan-malar ham deyiladi).
Ko‘rinib turibdiki, o‘qitish vositalari ma’lumot (yangi bilimlar) manbai, nazorat qilish (bilimlarning qanchalik o‘zlashtirilganligini hisobga olish va, nihoyat, o‘quvchilarning mustaqil individual ishlarini tashkil qilish vazifalarini bajaradi.
Darslikdan uning mazmuni va mohiyati bo‘yicha ishlashga o‘rgatish. Bunda o‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni darslikdan bilim manbai sifatida foydalanishga o‘rgatishdir. Matematika darsliklari xususiyati shundan iboratki, ularda nazariy material ham, amaliy material ham beriladi. Shu sababli darslikdan darsning turli bosqichlarida foydalanish mumkin.
Matematika o‘qitishda bolalarga darslikda mavjud bo‘lgan matematik yozuvlarning, rasmlarning va chizmalarning mohiyatini tushuntirishga yo‘naltirilgan ish katta ahamiyatga ega, bu aytilganlarning hammasi darslikning asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Bolalarning mehnat tarbiyalarini, o‘zlarining turmushda va kattalar mehnatida qatnashishga ishtiyoqlarini tarbiyalash imkonini beradi.
Matnli masalalarda berilgan raqamlardan tarbiya berish maqsadlarida foydalanish o‘ta muhimdir. Masalan, o‘quvchi javobidan dehqonlar kartoshkadan yuqori hosil olganliklarini ko‘rsatuvchi masalani yechib, o‘qituvchi bu faktning xalq xo‘jaligi uchun qanchalik ahamiyati borligini ta’kidlashi mumkin.
Matematika o‘qitish vositalari orasida matematikadan topshiriqlar yozilgan kartochkalar muhim o‘rin tutadi, bular darsliklarga qo‘shimcha tariqasida nashr qilinadi. Ularning asosiy maqsadi individual topshiriqlar bo‘yicha bolalarning mustaqil ishlarini tashkil qilishda, dasturning asosiy materiallarini puxta o‘zlashtirishda o‘qituvchiga yordam berishdan iborat.
Ko‘rsatmalilikning boshlang‘ich ta’limdagi roli o‘quvchilar-ning abstrakt tafakkurlarini ham, aniq tafakkurlarini ham rivojlantirishdan iboratdir. Bundan tashqari, ko‘rsatmalilikdan foydalansh o‘quvchilarni faollashtiradi, ularning e’tiborini qo‘zg‘atadi, o‘rganilayotgan materialni puxtaroq o‘zlashtirish imkonini beradi, o‘quv jarayonini boshqarish uchun yaxshi sharoit yaratadi, vaqtni tejash imkonini beradi.
1. Ko‘rsatmalilikdan foydalanish samarali bo‘lishi uchun eng oldin nazariyaning u yoki bu masalasi qaralayotganda foydalaniladigan ko‘rsatmali materialni tanlashni o‘ylab ko‘rmoq kerak. Ko‘rsatma materiallarni tanlashga nisbatan qo‘yiladigan talablarni qarab chiqamiz.
a) Yetarlicha miqdorda ko‘rsatma material bilan ta’minlash, bularni analiz qilish asosida o‘quvchilar kerakli umumlashtirishlarini qila oladigan bo‘lishlari kerak. Masalan, bolalarni 4 sonining hosil bo‘lishi bilan tanishtirishda o‘qituvchi oldindan bunday amaliy ish tashkil qiladi: u uchta doirachaga bitta doirachani; uchta cho‘pga bitta cho‘pni qo‘shishni taklif qiladi, shu ishni boshqa didaktik materiallarda bajartiradi.
b) Har xil ko‘rsatma materiallar bilan yetarlicha ta’minlash juda muhimdir. Bu o‘rinda doimo psixologlar tomonidan ifodalangan qoidani esda tutish kerak: “o‘quvchilarda to‘g‘ri umumlashtirishlar tarkib toptirishning zaruriy sharti beriladigan o‘quv materialining muhim xususiyatlarini o‘zgartirmay saqlagan holda uncha muhim bo‘lmagan xususiyatlarini turlantirishdan iborat”.
Masalan, 3 soni predmetlarning o‘zgarmas soni (3) kabi tushuncha uchun muhim xususiyatdir, predmetlarning rangi, o‘lchami, tekislikdagi joylashuvi muhim bo‘lmagan xususiyatdir. Shu sababli , o‘quvchilarni 3 soni bilan tanishtirilar ekan, bir jinsli predmetlardan iborat to‘plamlardan (bir xil andaza bo‘yicha qiyilgan uchburchaklar, doirachalar va hokazolardan)gina emas, balki har xil predmetlardan (masalan, har xil rangli va o‘lchamli doirachalar, katta va kichik har xil ko‘rinishli va har xxil rangli olmalar) dan iborat to‘plamlardan foydalanish kerak, chunki aks holda bolalarda bir xil predmetlarnigina sanash mumkin, degan noto‘g‘ri tasavvur hosil bo‘lishi mumkin.
d) Matematika o‘qitishda sekin-asta, ammo o‘z vaqtda ko‘rsatmalilikning bir turidan ikkinchi turiga o‘tish, ya’ni ko‘proq aniqlikdan kamroq aniqlikka o‘tishni ta’minlay olishi kerak. Masalan, o‘qitish jarayonida masalalar shartlarini illyustrasiyalashda amalning o‘zini ham namoyish qilish bilan birgalikda (masalani dramalashtirish) amallarni ko‘rsatmay to‘la predmet ko‘rsatmalilikka, so‘ngra esa to‘la bo‘lmagan predmet ko‘rsatmalilikka o‘tish ta’minlanishi kerak, to‘la bo‘lmagan predmet ko‘rsatmalilikda masalaning savolini rasmda tasvirlangan predmetlarni qo‘shib sanash yo‘li bilan topib bo‘lmaydi.
2. Matematika o‘qitishda harakatli, dinamik qo‘llanmalarga afzallik berish kerak. Harakatli ko‘rsatma-qo‘llanmalar bilan bir qatorda individual ko‘rsatma qo‘llanmalar ham, har xil didaktik materiallar ham zarur.
Boshlang‘ich matematika o‘qitishda ko‘rsatma-qo‘llanma-larning har xil turlaridan foydalaniladi. Ko‘rsatma-qo‘llanma-larning turlarini bilish ularni to‘g‘ri tanlash va o‘quv jarayonida samarali foydalanish imkonini beradi.
Ko‘rsatma qo‘llanmalarni ikkita, ya’ni natural va tasviriy ko‘rsatma-qo‘llanmalarga bo‘lish qabul qilingan.
Ko‘rsatma qo‘llanmalar ma’lum talablarga muvofiq bo‘lishi, chunonchi ular o‘quv dasturiga, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Bilim va uquvlarni mustahkamlash bosqichida turli-tuman mashqlar uchun ma’lumot jadvallaridan, og‘zaki sanoq uchun jadvallardan, masalalar tuzish uchun rasmlar, sxemalar va chizmalardan keng foydalaniladi.
Matematik amallar xossalarini o‘rganish, ko‘paytirish jadvalini tuzish va hokazolarda foydalanish mumkin

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin