1 – mA’ruza mavzu: Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida Reja



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə82/101
tarix25.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#62294
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   101
MA\'RUZALAR MATNI

3.. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining ahamiyati.
Matematika darsligi boshlang‘ich sinf maktab dasturi bilan bog‘liq holda tuziladi va har bir sinf uchun alohida tuziladi.
Darslik boshlang‘ich matematika kursining asosiy mazmunini aniq tizimida tushunarli qilib bayon qilingan kitob. Darslikning asosiy vazifasi o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlarida darsda olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirishda yordam beradigan birdan-bir o‘qitish vositasidir. Darslik mazmuni o‘rtacha o‘qiydigan o‘quvchining o‘zlashti-rishiga mos qilib tuziladi. Iqtidorli bolalarga darslikdan boshqa murakkabroq tuzilgan o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Darslikda, eng avvalo, nazariy material, keyin unga bog‘liq bo‘lgan amaliy material o‘rin oladi. Bundan boshqa mashqlar tizimi ham berilgan, ular o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash va rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.
Darslikdan tashqari o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar ham yaratiladiki, o‘qituvchi darsning samaradorligini oshirishda undan foydalanadi. Masalan, masalalar to‘plami metodik va o‘quvchilar bilan individual ishlash uchun qo‘llanmalar tavsiya qilinadi.
O‘qituvchilarga yordam tariqasida ko‘plab qo‘shimcha qo‘llanmalar va jurnallar nashr qilinadi. Bular darslarni o‘tkazishga oid metodik tavsiyalar, testlar to‘plami, iqtidorli bolalar uchun masalalar to‘plamlari, individual va guruh bo‘lib ishlash uchun didaktik to‘plamlar, metodik jurnallardir.
2. Darslik va dasturning o‘zaro mosligi.
Darslik matematika o‘qitishda o‘quv jarayonini ta’minlash-ning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi va davlat dasturiga to‘la mos qilib tuzilgan bo‘ladi.
Darslik o‘qituvchiga o‘z ishini ratsional rejalashtirishga yordam beradi, chunki u har qaysi mavzuning o‘quv materialini mustahkamlashni yoritgan bo‘ladi, materialni o‘rganish uchun tayyorgarlikni o‘z vaqtida ta’minlaydi, shuningdek, ilgari o‘tilgan materialni tizimli ravishda va uzluksiz mustahkamlash va takrorlashning manbaidir.
Darslikning mazmuniga kiradigan u yoki bu savollar dasturda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Darslikning asosiy xususiyati shundaki, u dasturning talabini ochishi, uni aniqlashtirishi, dasturda ko‘rsatilgan savollar qanday darajada qaralishini o‘zida aks ettirishi kerak.
Masalan, 2-sinf dasturida «teng ikki qismga bo‘lish va mazmuni bo‘yicha bo‘lish, uni umumlashtirish» degan mavzuni darslikda yoritilishini diqqat bilan qarasak, uni bayon qilishda yengilgina xatoga yo‘l qo‘yish mumkin, o‘qituvchi diqqat bilan bu mavzuning mazmunini tushunmasa, o‘quvchilarga mavzuda ko‘rsatilgan ikki holni: teng ikki qismga bo‘lishi va mazmun bo‘yicha bo‘lish savollarini to‘g‘ri tushuntiraolmagan bo‘ladi. Ko‘p sondagi misollarni yechish orqali ham sonlarni teng ikkiga bo‘lish ustida mulohazani aniq tushuntira olmasligi mumkin.
Haqiqatan ham darslikda masalalar yechilishining bu turlariga alohida bob ajratmagan, hech qayyerda bunga o‘xshash savol va vazifalarni ajratib ko‘rsatilmagan.
IV sinf dasturidan yana bir misol keltiramiz. Dasturda «millionlar sinfi ichida yozma va og‘zaki raqamlash» degan mavzu bor. Lekin bu mavzuga turli xildagi savollar to‘plami kiradi. IV sinf o‘quvchilari bilan ishlashda qaysi savollar asosiy bo‘lishi, qaysilar yo‘l-yo‘lakay qo‘shib tushuntirilishi, qaysi savollar asosiy o‘rinni egallashi lozimligini darslik ko‘rsatib berishi kerak.
Shuningdek, darslik boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning mazmunini dastur talabiga nisbatan oydinlashtiradi.
Darslik ko‘pincha dasturdagi alohida savollarni o‘qitish ketma-ketligini aniqlaydi, dastur talabida tuziladi.
Dastur esa kursning qurilish tizimini butun holda aks ettiradi (asosiy mavzularni o‘qish va bo‘lish), bazan mavzularning ichida materiallarning joylashishi tizimini ko‘rsatadi. Lekin dastur har bir mavzuning o‘qitish metodikasini ochishni ko‘rsatmaydi, chunki bu mazmun darslikda bayon qilinadi.
Masalan, 1-sinf dasturida «10 ichida qo‘shish jadvali, 10 ichida ayirish» deb nomlab umumlashgan yo‘nalish berilgan.
Darslikda esa 10 ichida qo‘shish va ayirishning har xil hollari bilan o‘qituvchilar tizimli ravishda tanishtiradi.
Shunday qilib, boshlang‘ich sinf matematika kursining tuzilish tizimi darslik bilan dasturning uzviy bog‘liqligi asosida tuzilgan.
Shuningdek, darslik dasturdagi tushuntirish xatida bayon qilingan asosiy metodik ko‘rsatmalarni ochadi. Darslik o‘qitish jarayonida nazariya va amaliyotning o‘zaro aloqadorlik talabini yoritishning aniq yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Boshlang‘ich sinf matematikasi I–IV sinf uchun mo‘ljallangan darsliklarda berilgan bo‘lib, unga maqsadga muvofiq tanlangan masala va misol, mashqlar, savol va vazifalar, dastur o‘z ichiga olgan nazariy savollar, bilim va malakalarni shakllantirish yo‘llari kiritiladi.
Darslikda bilimlarni tizimli mustahkamlash maqsadida mashqlar majmuasini vaqtlar bo‘yicha taqsimlash, ularni har xil sharoitlarda qo‘llash kabi materiallar beriladi.
Darslikda tavsiya qilinadigan mashqlar o‘zaro bog‘lanish-da, kursning har xil savollari bilan aloqada bo‘lgan holda tuziladi.
O‘qituvchiga shuni o‘qtirish kerak: darslikda shunday materiallar berilishi mumkinki, uni o‘quvchining o‘zi oldindan qo‘llagan bo‘ladi, garchi dasturda uni bajarish zarur deyilsa ham unga bog‘liq holda darslikda shu materialga yaqin bo‘lgan qo‘shimcha materiallar berilmaydi.
Masalan, dasturda I sinf 1-yarim yil bo‘yicha mustaqil materiallarni o‘qish malakalari beriladi. Darslikda esa arifmetik matnli materiallar ikkinchi yarim yilda berila boshlaydi. Shunga taalluqli masalalar darslikda o‘quv yilining boshidan boshlab berilishi zarur. Bunday holda o‘qituvchining o‘zi o‘quvchilarga mos qilib masala matnini tuzishi zarur.
Har bir sinf uchun mo‘ljallangan darslik og‘zaki hisoblash usullari bilan malaka hosil qilishga mo‘ljallangan yetarlicha mashqlarni o‘z ichiga oladi. Lekin bulardan o‘quvchilarga tez va to‘g‘ri malaka hosil qiladiganlarini tanlash kerak. Darslik materiali har xildagi og‘zaki mashqlar, boshqa o‘quv manbalaridan foydalangan materiallar bilan to‘ldirib borilishi kerak.
Dasturning har savoliga taalluqli bo‘lgan yetarlicha va zaruriy mashqlar sonini faqat o‘qituvchining o‘zi tanlashi mumkin, qachonki bu o‘qituvchi topshirilgan mashqlarni yechish mumkinlinigini to‘lig‘icha bila olsa. Ba’zi holllarda o‘qituvchi darslikdan foydalangan mashqlarni yana qo‘llaydi, bunda bu mashqdlar o‘quvchilar tomonidan yaxshi o‘zlashtrilganligi uchun unga o‘quvchilar qiziqishmaydi.
Ba’zi hollarda esa mashqlar sonini oshirib beradilar, bunday holda o‘quvchilar qiynalib qoladilar.
Bu masalada darslikda qo‘shimcha tarzda maxsus qo‘llanmaning bo‘lishi katta foyda beradi. Mashqlar tizimini tanlashda darslik o‘qituvchi uchun asosiy manzil bo‘lib xizmat qilishi kerak. Bu tizim shunday qurilishi kerakki, dasturning barcha talablarini bajarish uchun zaruriy sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak. Masalan, bunday murakkab masalaning yechilishi darsliklarning tarkibiy tuzilishiga bo‘ysunishi kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin