Ifodali o’qish. Ifodali o’qish intonatsiya – ohang yordamida asarning g’oyasi va jozibasini to’g’ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir.
Intonatsiya (ohang). Intonatsiya og’zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg’u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yig’indisidir.
Asarning mazmuni va g’oyaviy yo’nalishini tahlil qilish ifodali o’qishga o’rgatish bilan bog’lab olib boriladi. Ifodali o’qishga o’rgatishda matn mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o’z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shakllantirish uchun asarni o’qituvchining ifodali o’qishi muhim ahamiyatga ega.
Badiiy asarni izohli o’qishga yaqin bo’lgan metodlardan biri ijodiy o’qishdir. Atoqli metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o’qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi.
Ifodali o’qish. Boshlang’ich ta’lim tizimida mantiqiy o’qish(matnni to’g’ri, tushunib, tez (me’yorida) o’qish) va adabiy o’qish mukammal o’zlashtirilganidan so’ng ifodali o’qishga o’tiladi.
Nasriy asarlarni ifodali o’qishdan oldin unda qanday g’oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X. To’xtaboevning «Xatosini tushungan bola» hikoyasini ifodali o’qishdan oldin o’quvchilarga xatosini tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo’lganligi, maqtanchoqlikning illat ekanligi to’g’risida tushuncha beriladi.
Sinfda o’qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri tanlab o’qishdir. Masalan, 3-sinfda X. To’xtaboevning «Hassa» hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga SHavkatning javoblari yoki S. Anorboevning «Bahs» hikoyasidagi bolalarning bahslashish epizodi yuzasidan o’qituvchi topshirig’iga ko’ra mazkur o’rinlarni tanlab qayta o’qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy-estetik qimmatini chuqurroq o’zlashtirishga erishiladi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo’llash o’qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak.