SERVIS XIZMATI FANINI O’QITISHDA KEYS-STADI METODIDAN
FOYDALANISH
Orisheva Zuxra Xamidullayevna
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Fizika va texnologik ta’lim fakulteti,
Texnologik ta’lim yo’nalishi talabasi, Jizzax, O’zbekiston
e-mail:zuhra.orisheva.79@mail.ru
Ilmiy rahbar: Orishev J.B.
Annotasiya: Maqolada keys-stadi metodining mazmuni va bu metoddan Servis xizmati
fanida foydalanish imkoniyatlari xususida mulohazalar bayon etiladi
Kalit so’z: Keys-stadi metodi, Servis xizmati, keys, keys yechimi, muammo, muhokama.
***
Aннотация: В статье описывается содержание метода Case-study и возможности
использования этого метода в тематике Сервиса
Ключевые слова: Метода сase-study, Сервис, кейс, решение кейса, проблема,
обсуждение.
***
Annotation.The article describes the content of the case-study method and the possibilities
of using this method in the subject of Service.
Keywords: Case-study method, service, case, case solution, problem, discussion.
Respublikamizda uzluksiz ta’limni joriy etish jarayonida ta’lim mazmuni
yangilanib bormoqda, o’quv dasturlari va o’quv fanlari bo’yicha
DTS hamda
malaka talablari modernizatsiyalanmoqda. Ushbu jarayon ta’lim–tarbiya
jarayonining boshqa tarkibiy qismlari: o’qitish metodlari, vositalari va shakllarini
innovatsiya kiritish orqali modernizatsiyalashni talab etmoqda.
Bo’lajak bitiruvchilarilarni yetuk mutaxassis bo’lishi, ta’lim–tarbiya tizimini
takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan
uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga kо‘tarish, yosh avlodni yuqori
malakali kadrlar bo’lib tayyorlash uchun nafaqat sifatli darslik va о‘quv
qо‘llanmalarni yozish, balki samarali о‘quv–uslubiy majmuaga asoslangan о‘qitish
uslubini yaratish ham muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim–tarbiya jarayonida teskari
aloqani amalga oshirish uchun, ya’ni
olingan natijalarni tahlil etish uchun talabalarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va
malakalari va kompetensiyalarini nazorat qilish hamda o’z–o’zini nazorat qilish
jarayoni yo’lga qo’yilishi lozim.
Biz quyida bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarini tayyorlashda
o’qitiladigan Servis xizmati fani mavzularini o’qitishda talabalarning o’zlashtirish
darajasini aniqlash va ularni baholash yuzasidan
Keys topshiriqlaridan
foydalanishga oid tavsiyalar keltirmoqchimiz.
«Keys - stadi»
- inglizcha so‘z bo‘lib, («case» aniq vaziyat, hodisa, «stadi» –
o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida
o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab
1920 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlarda iqtisodiy boshqaruv fanlarini
o‘rganishda foydalanish tartibida qo‘llanilgan. Keysda
ochiq axborotlardan yoki
aniq voqea hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys
harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When),
Qaerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday, Qanaqa (How), Nima-natija (What).
“Keys-stadi” ning asosiy maqsadi – turli vaziyatli, shu jumladan, pedagogik
vaziyatli masalalarni hal qilish mobaynida o‘quvchilarning konseptual sxema va
modellaridan amaliy foydalanish malakalarini, shuningdek, muammolarni guruhiy
tahlil qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ishlab chiqarish orqali bilimlarini
mustahkamlashdan iboratdir
1
.
“Keys-stadi” uslubi – nazariy bilimlarni amaliy masalalarni yechishga
qo‘llash imkoniyatini beradigan quroldir. Uslub talabalarni mustaqil
fikrlashga
o‘rgatib qolmasdan, eshita bilish ko‘nikmasini shakllantirish va turli - tumanlik
nuqtai nazarni hisobga olish hamda o‘z fikrini asoslab berishga o‘rgatadi.
2