4-bosqich:
Keys yechimini shakllantirish
va asoslash taqdimot.
yakka va guruhda ishlash;
muqobil variantlarni amalda qo’llash imkoniyatlarini
asoslash;
ijodiy – loyiha taqdimotini
tayyorlash;
yakuniy xulosa va vaziyat echimining amaliy aspektlarini
yoritish.
Keys–stadi metodi quyidagilarni nazarda tutadi:
keys topshirig’ini yozma ko’rinishda tayyorlash;
talabalarning keys topshirig’ini mustaqil o’rganishlari va muhokama etish;
professor-o’qituvchi
rahbarligida
auditoriyada
hamkorlikda
keys
topshiriq’ini muhokama etish;
“muhokama yechimdan ham muhim” tamoyiliga rioya etish.
1- keys bayoni
Oshxonada ovqat tayyorlayotgan onasining yoniga kelgan 2-sinf o‘quvchisi
Shirin kartoshkani tozalamoqchi bo‘ldi. Biroq, onasi: “Pichoqni joyiga qo‘y! U
bolalar o‘ynaydigan o‘yinchoq emas!”, - deb qizini urushib berdi. Shirin
kartoshkani tozalashni juda-juda xohlagani uchun pichoqni joyiga qo‘yishni
istamamadi. Bundan jahli chiqqan onasi uning qo‘lidan pichoqni tortib oldi.
Onasining keskin harakatlaridan qo‘rqib ketgan Shirin yig‘lab yubordi va o‘zining
xonasiga chiqib, ketdi.
Keys savoli
1. Onasi bu kabi keskin harakatlarni Shirinning shikastlanishdan saqlab qolish
uchun qildimi?
2. Bu vaziyatda ona qanday yo‘l tutganda to‘g‘ri bo‘lardi?
Manba:
“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” va mehnat tarbiyasiga oid material hamda
adabiyotlar.Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va maktabgacha hamda boshlang‘ich
ta’lim yoshi bolalar o’rtasida mehnat tarbiyasini tashkil etishga doir material va
adabiyotlar.
Keys tahlili
Darhaqiqat, pichoq xavfli sanaladi. Shu sababli ko‘p
holatlarda kattalar
bolalarga pichoqqa tegishni man qiladilar. Shirinning onasi ham ana shu nuqtai
nazardan yondashgan holda pichoqni qizining qo‘lidan tortib oldi.
Talabalar uchun ko‘rsatmalar
-keys mohiyatini yetarlicha anglab oling;
-muammoning
to‘g‘ri
echimini
ifodalaydigan
javoblar
variantini
tizimlashtiring;
-javoblar varianti tizimidan eng samarali javobni ajratib oling;
-ajratib olingan javoblar asosida jadvalni shakllantirishga uring;
-yechimni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni
1. Talabalar keys mohiyatini u bilan ikki-uch marta tanishish orqali, sherigi
(juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada)
bilan
muhokama qilgan holda yetarlicha anglab oladi.
2. Talaba sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki
jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda muammoning yechimini
ifodalovchi javoblar tizimini aniqlaydi.
3. Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) aniqlangan javoblar tizimidan
muammoning eng samarali yechimi bo‘lgan javoblarni ajratib oladi.
4. Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) yechimni
ajratib olingan javoblar
asosida yechimni bayon etadi.
5. Yechim individual, kichik guruhlar yoki jamoa ishtirokida muhokama
qilinadi.
O‘qituvchining yechimi
1. Bu vaziyatda garchi go‘yo qizini shikastlanishdan saqlagan bo‘lsa-da,
onasini oqlab bo‘lmaydi. Zero, Shirin pichoqdan shikastlanmagan bo‘lsa-da,
onasining qo‘polligi va qo‘rsligidan aziyat chekdi. Qolaversa, onasi pichoqning
xavfli ekanligini bu tahlitda uqtirmasligi kerak edi.
2. Onaning quyidagi tahlitda yo‘l tutishi boshlang‘ich sinf o‘quvchisida
mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi:
a) onasi dastlab Shirinni o‘ziga yordamchi bo‘lib
qolganligidan
quvonayotganligini aytishi, ammo pichoq bilan ishlash xavfli ekanligini
xotirjamlik bilan uqtirishi kerak;
b) bugungi kunda har bir xonadonda sabzavotlarni tozalashga moslashtirilgan
xavfsiz oshxona anjomi bor, onasi Shiringa ana shu anjom bilan kartoshkani
tozalab berishi mumkinligini aytishi lozim;
v) bordi-yu, bu oilada ana shunday oshxona anjomi bo‘lmasa,
u holda
Shirinning onasi qizining ishtiyoqi, shashtini so‘ndirmagan holda shaxsan o‘zi
nazorat qilib u kartoshkani tozalab bo‘lguncha sabr qilishi va Shirin ishni
tugatganidan keyingina pichoqning xavfli ekanligini, o‘zi uyda yo‘q bo‘lganida
unga tegmasligi kerakligini aytishi lozim. Bu holatda boshlang‘ich sinf o‘quvchisi
onasining o‘zi haqida qayg‘urayotganligini dildan his qiladi.
2- keys bayoni
Oliy ta’lim muassasasida pazandachilik darslarida taomlar tayyorlashga oid
amaliy mashg’ulotlar o’tkazilib boriladi. Talabalar uchun taom tayyorlash uchun
texnologik
kartalar bor, taom tayyorlash ketma-ketligi mavjud bo’lishiga
qaramasdan, taom tayyorlashda ayrim talabalarning amaliy ko’nikmalarida
quyidagi kamchiliklar uchraydi: ular texnologik jarayonni to’g’ri bajarmaslik,
ijodiy va mustaqil fikr yurita olmaslik hamda taom tayyorlashda masalliqlarga turli
xil ishlov berish texnologiyasini adashtirib yuborish.
Dostları ilə paylaş: