3
Shunday bo‘lsa ham har qanday holatda ham erishilgan natija bir oz o‘rtacha
ko‘rsatkichga yaqin bo‘ladi.
Ta’lim texnologiyasini tuzilmasi
Tuzilish (lot. structura – tuzilish, joylashish), tarkibiy qismlarning muayyan
o‘zaro aloqasi, o‘zaro joylashuvi; biror narsani tuzilishi.
Tuzilmaning qismlari – uning shartli bo‘linmaydigan va qiyoslana oladigan
qismlari.
Tuzilmaning tashkil etuvchilari - qismlar uchun ularni birlashtiruvchi nom.
Ta’lim texnologiyasi - tizimli toifa bo‘lib, tuzilmaviy tashkil etuvchi va qismlari
bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
1. Ta’limning yo‘l va vositalari:
Ta’lim usullari; ta’lim shakllari; ta’limning yo‘llari, texnikalari; ta’lim
vositalari.
2. Muloqotning yo‘l va vositalari:
2.1. Ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan birga tezkor qaytar aloqa
asosida bevosita o‘zaro harakati:
(1) ta’lim beruvchi - o‘quv
axborot manbai, undan foydalanishning
tashkilotchisi hamda nazoratchisi;
ta’lim oluvchi - axborot iste’molchisi, ta’sir o‘tkaziladigan boshqaruv ob’ekti;
(2) ta’lim beruvchi - o‘quv axboroti manbai bo‘lib,
maslahatchi, ta’lim
jarayonining sub’ektlari o‘rtasida axborot almashinuvining muvofiqlashtiruvchisi;
ta’lim oluvchi- o‘quv axborotini egallash va uni ishlatish bo‘yicha shaxsiy
mustaqil ijodiy faoliyat sub’ekti.
2.2. Vaqt bo‘yicha bo‘lingan qaytar aloqa bilan ta’lim beruvchini ta’lim
oluvchilar bilan birga bavosita o‘zaro harakati:
(1) ta’lim beruvchining ta’lim manbalari bilan ta’lim oluvchilarni eng kam
ishtiroklaridagi o‘zaro harakati;
(2) ta’lim beruvchining bir ta’lim oluvchi bilan, ikkita ta’lim
oluvchi
o‘rtasidagi: faol o‘zaro harakat;
(3) ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari o‘rtasida: ta’lim beruvchi
ta’lim oluvchilar guruhi bilan; ta’lim oluvchi guruhlar o‘rtasida: faol o‘zaro
harakat.
Dostları ilə paylaş: