1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja



Yüklə 165,68 Kb.
səhifə20/44
tarix14.12.2023
ölçüsü165,68 Kb.
#177033
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja-fayllar.org

3.1.4. Burchak aperturasi
Optik tolaga bir emas, bir necha yorug’lik nurlarining yig’masi kirish konusini hosil qilib tushadi va faqat kritik burchakdan katta burchak ostida tushgan nurlargina OT o‘zagi bo‘ylab tarqaladi. Nurlarni tola o‘zagiga maksimal tushish konusining yarim burchagiapretura burchagi - a, kirish konusi 2a esa sonli apretura deyiladi (3.6-rasm). Sonli apertura NA bilan belgilanadi (inglizchadan Numerical Aperture) va o‘zak, qobiq sindirish ko‘rsatkichlari orqali quyidagi munosabatdan aniqlanadi:



yoki (3.2)




3.6-rasm. Optik tolaning apretura burchagi


(3.2) da adabiyotlarda uchrashi mumkin bo‘lgan, sonli aperturani hisoblashning ikki formulasi berilgan. Ular sonli aperturaga yaqin qiymatlarini beradi. Birinchi formula nazariy, ikkinchisi esa amaliy hisoblashlar uchun ishlatiladi. Bu yerda o‘lchash usullariga bog’liq holda k=0,98 yoki k=0,94 (EIA-455-29 yoki EIA-455-44 standartlari bo‘yicha mos ravishda). Yuqoridagi 2.9-rasm uchun berilgan n1=1,48, n2=1,46 qiymatlar uchun, (2.3) formula bo‘yicha sonli apretura qiymatlari: 0,242487 (nazariy) va 0,237637 (k=0,98) va 0,227938 (k=0,94) (amaliy).
Sindirish ko‘rsatkichlarining nisbiy farqi ∆n quyidagiga teng:

≤a burchak ostida, ya’ni apretura burchagi doirasida tushgan nurlar (3.6-rasmdagi nur 1 mos keladi) to‘liq ichki qaytib, optik tola o‘zagi bo‘ylab uzatiladi. >a apertura burchagi doirasidan katta burchak ostida tushgan nurlar sinib, o‘zakdan qobiqqa o‘tadi. Bu nurlar qobiq bo‘ylab tarqalib, asta sekin so‘na boshlaydi yoki qobiqdan chiqib ketadi (3.6-rasmdagi mos ravishda nur 2 va 21).


Apertura doirasiga mos keluvchi nurlar yo‘naluvchi (nur 1), aperturadan tashqaridagi nurlar nurlanuvchi (nur 2 va 21) nurlar deyiladi. Aperturadan tashqaridagi qobiq bo‘ylab tarqaladigan nurlar qobiq bo‘ylab uzatiluvchi nurlar deyiladi.
Eng ko‘p tarqalgan optik tolalarning parametrlarini tipik qiymatlari 3.2-jadvalda keltirilgan.
3.2-jadval


OT turi (kvars shishasi)


O‘zak diametri, mkm


NA

Tola o‘zagiga maksimal tushish burchagi, grad.

n


Ko‘p modali OT


50 – 200


0,25 – 0,5


20 – 30

0,005 – 0,02

Bir modali OT


5 – 12

0,12 – 0,25

5 - 8

0,002 – 0,01

NA optik tolaning muhim xususiyati hisoblanib, yorug’lik nuri tolaga qanday kiritilishi va tarqalishini ko‘rsatadi.

NA qiymati katta bo‘lgan OT yorug’likni yaxshi qabul qiladi, NA kichik qiymatli optik tolalarga faqatgina tor yo‘naltirilgan yorug’lik to‘plamini kiritish mumkin.
Yuqori o‘tkazish polosali OT kichik NA qiymatiga ega. Shu tarzda, ularda modalar soni kam, dispersiya kichik va ishchi o‘tkazish polosasi keng bo‘ladi.
NA katta qiymatga ega optik tolalarda mumkin bo‘lgan yorug’lik yo‘nalishlari, ya’ni modalar sonining ko‘pligi natijasida modalararo dispersiya yuqori bo‘ladi.



Yüklə 165,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin