1- ma’ruza. Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/22
tarix09.06.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#127591
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1- Ma’ruza.Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi



1- Ma’ruza.
Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi 
 
Voleybol 1895-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Massachusets 
shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha 
rahbari, pastor Uilyam J.Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o‘yinini oddiy, 
ko‘p mablag‘ sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutgan. 
1896-yilda Springfild shahridagi kollej direktori, doktor Alfred Xalsted bu 
o‘yinga «voleybol» deb nom berdi. «Voleybol» inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida 
«parvoz qiluvchi to‘p» degan ma’noni bildiradi. 
1896-yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o‘yin qoidalari quyidagicha edi: 
1. Maydon chegaralari 7,6x15,2 m 
2. To‘rning o‘lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 195 sm 
3. To‘pning vazni 252-336 gr, aylanasi 63,5-68,0 sm 
4. O‘yinchilarning soni chegaralanmagan va hokazo. 
1895–1920-yillar voleybol o‘yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo‘lib 
hisoblanadi. 1920-yildan boshlab maydon o‘lchamlari 9x18m qilib belgilandi. 
O‘yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha: 
1900-y. – Kanada, 1906-y. – Kuba, 1909-y. – Puerto-Riko, 1910-y. – Peru, 
1917-y. – Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1908–1913-yillar – Yaponiya, 
Xitoy, Filippinda, 1914-y. – Angliya, 1917-y. – Fransiya. 
Voleybol 1920–1921-yillarda O‘rta Volga (Qozon, Nijniy Novgorod) 
hududlarida tarqala boshladi. 1922-yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy 
harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi. 
Moskvada voleybol bilan muntazam shug‘ullanishga san’at va teatr 
vakillari kirishdilar. 1923-yilda tashkil etilgan «Dinamo» jamiyati sportning 
boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targ‘ib qila boshladi. 
Xuddi shu yillarda voleybol Uzoq Sharqda – Xabarovsk va Vladivostokda 
paydo bo‘ldi. 1925-yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi. 
Voleybolni keng ommalasha borishi musobaqalarning yagona qoidalarini 
ishlab chiqish zaruriyatini o‘rtaga tashladi. Jumladan, 1925-yilning yanvarida 
Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol bo‘yicha musobaqalarning birinchi 
rasmiy qoidalarini tuzib, tasdiqladi. To‘rning balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm 
va erkaklar uchun – 2 m 40 sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida o‘yin 15x7,5 
o‘lchamli maydonchada o‘tkaziladigan bo‘ldi. 
1926-yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar 
o‘tkazildi. 1927-yildan voleybol bo‘yicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda 
o‘tkazila boshladi. 
Voleybol bo‘yicha ilk adabiyot 1926-yilda paydo bo‘ldi va u «Voleybol va 
mushtlar jangi» deb nom olgan edi. Uning mualliflari S.V.Sisoyev va A.A.Marku 
edi. 
Voleybolning texnika va taktikasigina emas, musobaqa qoidalari ham 
o‘zgarishda davom etdi, ya’ni 1935-yilda erkaklar uchun to‘rning balandligi 2 m 
45 sm ga ko‘tarildi, 1937-yildan esa ayollar uchun to‘rning balandligi 2 m 25 sm 
bo‘ldi. Maydonchada hujum chizig‘i belgilandi va old hamda orqa chiziq 
o‘yinchilari degan tushuncha paydo bo‘ldi, bu esa alohida o‘yin ixlosmandlarining 


harakatlarini chegaralab qo‘ydi. Shu yildayoq o‘yinga to‘p kiritish joyi 
maydonchaning orqa va o‘ng qismidan 3 m qilib belgilandi. Sababidan qat’i nazar, 
o‘yinchilarni almashtirishga ruxsat berildi (ilgari almashtirishga faqat baxtsiz 
hodisalardan keyin yo‘l berilardi). 
Texnika va taktikada keskin o‘zgarishlar bo‘ldi – birinchi to‘p uzatish yoki 
birinchi uzatilgan to‘pdan hujum qilish keng qo‘llana boshladi. Guruhli to‘siq 
qo‘yish, kuchli to‘p kiritishlarning kam ishlatilishini esa asosiy kamchiliklar 
qatoriga kiritish mumkin. 
1947-yili Parijda halqaro voleybol federatsiyasi ta’sis etildi (FIVB). 
FIVBning birinchi prezidenti Pol Libo. 1984-yilda uning o‘rnini Roben Akosta 
egalladi va deyarli 2008-yilgacha shu lavozimda faoliyat ko‘rsatdi. 
1958-yilda Pragada bo‘lgan Yevropa birinchiligi halqaro doiradagi kuchli 
munosabatni o‘zgartira olmadi. 
Ayollar o‘rtasidagi uchinchi va erkaklar o‘rtasidagi to‘rtinchi jahon 
birinchiligi Yevropada emas, 1960-yilda Braziliyada o‘tkazildi. 1962-yilda 
Moskvada ikkinchi marta – ayollar o‘rtasidagi to‘rtinchi, erkaklar o‘rtasidagi 
beshinchi jahon birinchiligi o‘tkazildi. Bu davrda Yaponiya, Polsha, GDR, Xitoy 
kabi mamlakatlar jamoalarining o‘yin darajasi nihoyatda oshganligini e’tirof etish 
kerak. Jahon birinchiligi ko‘pgina jamoalarning texnikasi o‘sganligini ko‘rsatdi. 
1963-yil Yevropa birinchiligi Ruminiyada o‘tdi. Shu yilning ko‘pgina 
halqaro musobaqalari Tokioda bo‘ladigan Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik 
sifatida o‘tkazildi. Ayrim jamoalar asosiy tarkibini 5x1 tartibida shakllantira 
boshladilar. 
Tokio olimpiada o‘yinlaridagi voleybolchilar kuch sinashuvi 1962-yilgi 
jahon birinchiligida sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar mahoratini ta’kidladi. 
Yuqorida qayd etilganidek, 1964-yil Tokioda o‘tkazilgan olimpiada o‘yinlaridan 
so‘ng Amerika, Ovro‘pa va Osiyo voleyboli mahorat jihatidan tenglasha bordi. 
Voleybol taraqqiyotida tamomila yangicha yo‘nalish yuz bera boshladi. Mazkur 
vaziyatni Olimpiada o‘yinlari, Jahon Shempionatlari, Jahon kubogi, Gran-Pri va 
Jahon ligasi musobaqalari davomida turli mamlakat jamoalarining erishgan 
yutuqlari misolida ko‘rish mumkin (1,2,3,4,5-jadvallar). 
1- jadval 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin