1- ma’ruza. Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix09.06.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#127591
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
1- Ma’ruza.Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi

Sakrab to‘p kiritish. Hozirda sakrab to‘p kiritish usuli keng qo‘llanilmoqda. 
Bu usulning asosi orqa (himoya) zonadan hujum zarbasini berishga o‘xshashligi 
sababli uning mohiyati quyiroqda yoritiladi. 
 
Hujum zarbalari 
 
Hujum zarbasi – jamoaning hujum harakatini yakunlovchi samarali usul 
hisoblanadi. Bu harakatlar to‘rning yuqori qismidan balandda amalga oshiriladi. 
Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum harakatlarining samarasi juda 
pastdir. 


Hujum zarbalari yo‘nalishiga ko‘ra quyidagicha farqlanadi: to‘g‘ri yo‘nalish 
bo‘yicha (bunda zarba berilgan to‘p yo‘nalishi hujumchining yugurib kelish 
yo‘nalishiga mos tushadi) va yo‘nalishni o‘zgartirib (bunda zarba berilgan to‘p 
yo‘nalishi hujumning yugurib kelish yo‘nalishiga mos tushmaydi). 
To‘pning uchish tezligiga qarab hujum zarbalari quyidagicha farqlanadi: zarba 
beruvchi qo‘lni orqaga nisbatan qisqa harakatlantirish bilan kuchli (tezkor), kaftli 
(tezlanishli) va aldamchi (sekin). Hujum zarbasini to‘g‘ri (to‘rga to‘g‘ri turgan holda) 
va yon tomon bilan (to‘rga nisbatan) bajarish mumkin.
To‘g‘ri hujum zarbasi berish 4 fazada bajariladi: yugurib kelish; sakrash; 
to‘pga zarba berish; qo‘nish (13-rasm). 
13-rasm. 
O‘z navbatida, bu fazalar ham bir qancha mikrofazalarga bo‘linadi. Yugurib 
kelish fazasida hujumchi ikkita asosiy vazifani hal etadi: balandroq sakrashga erishish 
va to‘pning uchish tezligi, yo‘nalishini to‘g‘ri aniqlash. Bunda hujumchi birinchidan, 
bir-ikki «qidiruvchi» qadamlar qiladi (to‘pni tezligi va yo‘nalishini aniqlash 
maqsadida) va ikkinchidan, sakrash uchun yugurish tezligini oshiradi. Sakrash 
fazasida hujumchi tovondan oyoq uchiga tomon katta qadam tashlab harakat qiladi
oxirgi qadamda oyoqlar juftlanadi, qo‘llar orqa tomonga harakatlantiriladi. Oyoqlar 
tizza qismida, gavda esa tos-son bo‘g‘imida bukiladi. Keyin esa qo‘llar oldinga-
yuqoriga silkitiladi, oyoqlar tayanchdan uziladi, gavda oldinga bir oz egilib, vertikal 
holatga keltiriladi. Zarba beruvchi qo‘lning kafti bosh orqasiga o‘tib ketmasligiga va 
tirsak yelkadan bir oz yuqorida bo‘lishiga e’tibor berish lozim. 
Zarba berish fazasida – o‘ng (yoki chap) qo‘l tirsak bo‘g‘imida to‘g‘rilanib, 
yuqoriga-oldinga cho‘ziladi. Zarba qorin, ko‘krak, qo‘l mushaklarining ketma-ket va 
keskin qisqarishi bilan bajariladi. Bunda zarba beruvchi qo‘l kafti to‘pning orqa-
yuqorisiga uriladi. Zarba kuchi taktik vazifani hal qilish bilan belgilanadi. 
Boshlang‘ich o‘rgatish bosqichida hujum zarbasining kuchiga emas, balki uning o‘z 
vaqtida berilganligiga va yo‘nalishiga e’tibor qaratish zarur. 


Qo‘nishda hujumchi oyoqlarini bukib yerga tushadi, chunki bu holatda 
tayanch-harakat apparati shikastlanishining oldi olinadi va keyingi o‘yin harakatlarini 
bajarishga qulay sharoit yaratiladi. 
Jamoa hujumini faqatgina to‘g‘ri hujum zarbalari bilan yakunlash kifoya 
qilmaydi. 
Shuning uchun hozirgi zamon voleybolida to‘p yo‘nalishini o‘zgartirib 
bajariladigan hujum zarbalari ahamiyatliroqdir (14-rasm). 
14-rasm. 
To‘p yo‘nalishini o‘zgartirib bajariladigan hujum zarbalarining tuzilishi to‘g‘ri 
zarba berish texnikasiga o‘xshashdir. To‘p o‘ng tomonga yo‘naltirilganda, 
depsinishdan so‘ng gavda o‘ng tomonga burilib, bir oz chapga engashtiriladi, chap 
qo‘l yelkasi to‘rdan olib qochiladi. 
Biomexanika nuqtayi nazaridan, yo‘nalishi o‘zgartirilgan hujum zarbalarini 
berishda asosiy o‘rinni yelka, tirsak, kaft va barmoqlar egallaydi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin