To‘pni qabul qilish vaqtida tirsaklarni bukish mumkin emas. Qo‘llar bilan oldinga-
yuqoriga harakat qilinadi. To‘pga nisbatan kuchli qarama-qarshi harakat qilish kerak
emas. Bunda qo‘llar to‘p
tomon yaqinlashtirilib, uning tagiga kiritiladi. Oyoqlarni
bukib-yozish bilan to‘pga kerakli yo‘nalish beriladi. To‘pni pastdan qabul qilishda
eng asosiysi to‘pning yo‘nalishi, tezligini to‘g‘ri baholay olish va bog‘lovchi
o‘yinchini kuzatish hisoblanadi. O‘yinchi zarur joyni egallay olmagan bo‘lsa-yu, to‘p
o‘ng tomonga yo‘nalayotgan bo‘lsa, to‘pni qabul qiluvchi qo‘llarni to‘g‘ri
oldinga
chiqaradi va o‘ng qo‘lni yuqoriga chiqarib buradi, chap tomonga yo‘nalayotgan
bo‘lsa, chap qo‘l yuqoriga chiqariladi.
To‘pni pastdan ikki qo‘llab qabul qilish hujum zarbasini qabul qilishda ham
asosiy usul hisoblanadi. O‘yinga kiritilgan to‘p yoki hujum zarbasining sifatsiz qabul
qilinishi (past trayektoriyada uzatish, bog‘lovchi o‘yinchiga yetkazib bermaslik)
bog‘lovchi o‘yinchi tomonidan hujum uchun beriladigan to‘p
uzatishni samarasiz
bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun mashg‘ulotlar vaqtida turli tezlikda, yo‘nalishda
va kuchlanishda kelayotgan to‘plarni pastdan ikki qo‘llab qabul qilishga katta e’tibor
berish zarur.
15-rasm.
To‘pni bir qo‘llab qabul qilish tayanch holatda va yiqilib amalga oshiriladi.
Tayanch holatda bajariladigan usul o‘yinchining yoniga tezlik bilan tushayotgan
to‘pni qabul qilishda foydalaniladi. To‘pni qabul qilish yopiq holdagi kaft yuzasi bilan
bajariladi.
Orqaga yoki yon tomonga yiqilib, bir qo‘l bilan to‘pni qabul qilish ko‘p
hollarda ayollar voleyboliga xosdir. Harakat so‘nggida
yon tomonga katta qadam
tashlanib, qo‘l to‘p tomon to‘g‘ri uzatiladi. Bunda MOK (markaziy og‘irlik kuchi)
keskin pasayadi.
To‘pga zarba berilgandan so‘ng, o‘yinchi tayanch oyoqning uchida yiqilish
tomonga burilib, oyoq tovoni bilan o‘tiradi va do‘mbaloq oshadi (16-rasm).
Jarohat va lat yeyishning oldini olish maqsadida gavdaning orqa o‘rta qismi
bilan emas, balki bir oz yonbosh bilan do‘mbaloq oshiladi, daxan ko‘krak
qismiga
tekkizib olinadi.
16-rasm.
Ko‘krak-qorin qismi bilan sirg‘alib yiqilgan holda bir qo‘l bilan to‘pni qabul
qilish usuli erkaklar voleyboliga mansub usul hisoblanadi. O‘yinchi oxirgi qadamda
(17-rasm) keskin harakat bilan gavdani pastga-oldinga 25˚-30˚ burchak ostida
maydonchaga tashlaydi. Tayanchsiz holda kaftning orqa yoki oldi tomoni bilan to‘pga
zarba berib, qo‘llarini oldinga cho‘zadi va qo‘llari
maydonchaga tegishi bilan
oyoqlarini tizza qismida bukadi, qo‘llar esa orqaga-yonga itarilishi bilan gavdaning
gorizontal holatga kelishiga yordam beradi. Bosh o‘z
vaqtida maksimal orqaga
tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: