Bunday salbiy «izlar»
odamning, ayniqsa bolaning odatiy funksional
faoliyatini izdan chiqaradi, kayfiyatni tushiradi, uyquni buzadi,
pirovardida ish
qobiliyatini susaytiradi va uni to‘liq tiklanishiga to‘sqinlik qiladi. Agar shunday
yuklamalar ustunligi bola faoliyatida surunkali qaytarilib tursa, organizmning
nafaqat normal o‘sishiga ta’sir etishi mumkin, balki
ushbu yuklamalar ustunligi
turli funksional «obyekt»larda lokal yoki global patologik asoratlar paydo
bo‘lishiga olib kelishi ehtimoldan holi emas. Aksincha, kundalik yoki yalpi
mashg‘ulot yuklamalari hajmi va shiddati funksional imkoniyatdan past bo‘lsa,
jismoniy sifatlarning shakllanishi susayadi, ish qobiliyati kuchaymaydi. Binobarin,
kundalik yoki yalpi yuklamalar, shu jumladan jismoniy
tarbiya darslari va
trenirovka mashg‘ulotlariga oid yuklamalarni bolalarning yoshi, jinsi, jismoniy va
funksional imkoniyatlariga qarab «to‘lqinsimon» prinsipda oshira borish darkor.
Demak, bolalar sportiga oid mashg‘ulotlarni tashkil qilishda pedagogik va tibbiy
nazoratga asoslanish sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining ajralmas
qismidir.
Shunday ekan, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlar (jismoniy tarbiya darsi, trenirovka mashg‘uloti, sport musobaqalari)
mazmunini maqsadli rejalashtirish va boshqarish har bir mutaxassis (o‘qituvchi,
murabbiy, tashkilotchi, uslubchi, yo‘riqchi) va rahbar shaxsga katta mas’uliyat
yuklashi, ular jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, jismoniy
tayyorgarlik va sport masalalariga oid bilimlarni o‘zlashtirishlari, muvofiq kasbiy-
pedagogik malaka va ko‘nikmalarni puxta egallashlari zarurligi isbot talab
qilmaydi.
Alohida e’tibor
qaratish muhimki, bolalar sportini samarali tashkil qilish,
ko‘p yillik sport trenirovkasi jarayonida shug‘ullanuvchilar sog‘ligi va ularning
sport mahoratini shakllantira borish ustuvor jihatdan jismoniy tayyorgarlik
ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir.
Jismoniy tayyorgarlik va uning salohiyatini ifoda etuvchi kuch,
tezkorlik,
chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik kabi sifatlar ilmiy obyekt sifatida
azaldan ko‘pdan-ko‘p tadqiqotchi olimlar diqqatini jalb qilib kelgan. Ularning
tadqiqotlarida jismoniy sifatlarning mohiyati, mazmuni, ularni jismoniy tarbiya va
sport hamda boshqa jarayonlardagi ahamiyati va rivojlantirish muammolari
atroflicha yoritilgan.
Ushbu muammolarni turli yoshdagi o‘quvchi yoshlar va bolalar sporti
misolida o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari
ham talaygina ilmiy
nashrlarda o‘z ifodasini topgan.
Ta’kidlash joizki, jismoniy tarbiya va sport turlari nazariyasi va uslubiyati
bo‘yicha nashr etilgan darslik hamda qo‘llanmalarda jismoniy tayyorgarlik
tushunchasi – bu muayyan kasbiy faoliyat yoki sport turida ma’lum jarayon
samaradorligini belgilab berish darajasida shakllangan tayyorgarlik – ish
qobiliyati, harakat sifatlari, malakalari va ko‘nikmalarining integral ifodasini
anglatadi.
Sport amaliyotida (kasbiy amaliyotda ham)
jismoniy tayyorgarlik, odatda,
ikki bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan – umumiy va maxsus jismoniy
tayyorgarlik turlariga bo‘linadi.
Hayot davomida inson sog‘ligi, uning aqliy va jismoniy faolligi, ko‘p yillik
sport trenirovkasi davomida sport mahoratining shakllana borishi ustuvor jihatdan
shu ikki tayyorgarlik turlari mazmuni va darajasi bilan belgilanadi.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida qo‘yiladigan asosiy maqsad –
sog‘liqni mustahkamlash hamda yuqori sport natijalariga erishish avvalambor
yoshlikdan boshlab umumiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhimligiga e’tibor
qaratadi. Aksariyat olimlarning ta’kidlashicha, muayyan sport turi bo‘yicha
muntazam o‘tkazib boriladigan hamda hajm, shiddat va mazmun jihatdan to‘g‘ri
tashkil qilingan mashg‘ulotlar bolalar va o‘smirlar organizmiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy tayyorgarlikka asoslangan va tor doirada
ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan.
Binobarin, dastlabki o‘rgatish bosqichida jismoniy
va texnik-taktik mashqlar
nisbatini to‘g‘ri rejalashtirish bolalar sport mahoratini samarali shakllantirish
imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: