1 – mashg‘ulot urug‘larning o‘sish kuchini maysalarni morfofiziologik baholash usuli bilan aniqlash



Yüklə 22,9 Kb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü22,9 Kb.
#38481
  1   2   3   4
1 ish


1 – mashg‘ulot

URUG‘LARNING O‘SISH KUCHINI MAYSALARNI MORFOFIZIOLOGIK BAHOLASH USULI BILAN ANIQLASH

O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi hosil sifatini aniqlash va cho‘g‘ini chamalashdagi muhim fiziologik jarayondir. O‘sish – o‘simlik tanasining hajm va vazn jihatdan ortga qaytmaydigan yiriklashishidir. O‘simlikning o‘sishi to‘qima, teri va organlarning o‘sishi evaziga amalga oshadi. Rivojlanish – o‘simlik va uning ontogenez jarayonida yuzaga keladigan alohida qismlari – organlar, to‘qima va hujayralarning funksiyalari hamda tuzilishidagi sifat o‘zgarishlaridir. O‘simliklarning o‘sish va rivojlanish jarayonlari bo‘linish, cho‘zilish va to‘qimalarning differensatsiyasi evaziga amalga oshadi. Urug‘larning o‘sish kuchini aniqlashda asosan maysalarni morfofiziologik baholash usulidan foydalaniladi.

Urug‘larning haqiqiy ekish sifati o‘sish kuchi, ya’ni maysalarning tez, bo‘liq unib chiqishi va intensiv o‘sishida namoyon bo‘ladi. O‘sish kuchiga urug‘larning yirikligi, ularning shakllanishi (o‘z vaqtida yig‘ib olish) va saqlanishi katta ta’sir o‘tkazadi. Odatda, mo‘l va sifatli hosil olish uchun o‘sish kuchi 80 % dan kam bo‘lmagan urug‘lardan foydalaniladi. O‘sish kuchi urug‘larni o‘ramlarda undirish orqali aniqlanadi va namunadagi urug‘larning umumiy soniga nisbatan kuchli maysalarning foizi bilan ifodalanadi.


Yüklə 22,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin