3-§. Matematik tushunchalarni kiritish metodikasi Maktab matematika kursida matematik tushunchalar ikki xil usulda kiritiladi: 1) Aniq - induktiv metod. Bunda o'quvchilar avval o'qituvchining topshiriqlarini bajargan holda o'rganilayotgan tushunchaning umumiy xossalarini aniqlaydilar, so'ngra o'qituvchi rahbarligida ta'rifni mustaqil holda tuzishga harakat qiladilar. Yangi tushuncha kiritishning bu yo'li ayniqsa quyi sinflarda o'z samarasini beradi. Bundan tashqari, aniq induktiv yo'l orqali tushunchalarni kiritish jarayonida muammoli vaziyatlar hosil bo'ladi, buning natijasida o'quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlari shakllanadi. Fikrimizning dalili sifatida 6-sinfda o'rgatiladigan «parallel to'g'ri chiziqlar» tushunchasini aniq-induktiv metod orqali kiritish usulini ko'rib o'taylik
4-§. Matematik tushunchalarni kiritishning abstrakt-deduktiv metodi
Bunda o'rganiladigan matematik tushuncha uchun ta'rif tayyor ko'rinishda oldindan aniq misol va masalaiar yordamida tushuntirilmasdan kiritiiadi. Masalan, 7-sinfda o'tiladigan to'ia kvadrat tenglama tushunchasi abstrakt-deduktiv metod orqali kiritiladi. 1. K vadrat tenglama tushunchasiga ta' rif beriladi. Ta'rif. ax2+bx+c=O ko'rinishidagi tenglamaiar to'ia kvadrat tenglama deyiladi. Bunda x - o 'zgaruvchi , a, b, c - ixtiyoriy o'zgarmas soniar, a > 1.
2. Kvadrat tenglamaning xususiy hollari ko'rib chiqiladi. Bunijadval tarzida bunday ifodalash mumkin.