6-§. Matematik xulosa Matematik xulosa ham mantiqiy tafakkur qilish shakllaridan biri. Matematik xulosaga bunday ta'rif berilgan: «Ikkita qat'iy hukmdan hosil qilingan uchinchi natijaviy hukmga xulosa deyiladi». Misol. I-hukm: to'rtburchakning diagonali uni ikkita uchburchakka ajratadi. 2-hukm: har bir uchburchak ichki burchaklarining yig'indisi 1800 ga teng. 3-hukm: demak, to'rtburchak ichki burchaklarining yig'indisi 3600 ga teng (xulosa bo'ladi). Maktab matematika kursida xulosalarning uchta turi, ya' ni induktiv, deduktiv va analogik xulosalar o'rganiladi. Ta'rif. Ayrirn yoki xususuy rna'lurnotlarga tayanib urnurniy xulosa chiqarishni induksiya deyi/adi. Induksiya uch xiI bo'ladi: chaia induksiya, to'la induksiya va matematik induksiya. Chaia induksiya metodi orqali chiqarilgan xulosa ko'pgina hollarda to'g'ri, ammo ayrim hollarda noto'g'ri bo'ladi.