Misollar keltiramiz :
1 – masala. 10.5 kg nok , 15.2 kg olma va 8.5 kg olxo`ri aralashtirildi. Aralashmaning hammasi 28336 so`m turadi. 1 kg nok 1 kg olmadan 32 so`m qimmat , 1 kg olma esa 1 kg olxo`ridan 20 so`m qimmat tursa , aralashmadagi xar bir mevaning 1 kg bahosini toping.
Masalaning shartini yozish :
10.5 kg nok
15.2 kg olma
8.5 kg olxo`ri
|
1 kg nok 1 kg olmadan 32 so`m qimmat
1 kg olma 1 kg olxo`ridan 20 so`m qimmat
|
Hamma aralashma
28336 so`m
|
Har qaysi mevaning bir kilogrammi qancha turadi ?
Agar masalaning shartini grafik bilan tasvirlash mumkin bo`lsa , bu imkoniyatdan unumli foydalanish kerak. Grafik bilan ifodalangan shart odatda juda ravon bo`ladi.
2 – masala. Jamoa xo`jaligi uch bo`lak maydonga lavlagi ekdi. Hammasi bo`lib 96746 ga. 2 – bo`lak yer 1 – sidan 26.4 ga kam va 3 – sidan 58 ga kam. Har qaysi bo`lak necha gektar ?
Shartni grafik usulda ifodalaylik :
II maydon yuzi….……………….
I maydon yuzi………………..964,46 ga
III maydon yuzi……………………….
Grafik tasvirlar masala yechishni osonlashtiradi. Shuning uchun bu masalaga shunday chizmani ham chizish mumkin :
II II 25,6 II 58
Bu chizmadan , 964.46 ga 2 – maydonning uchtasidan va yana 26.4+58=84.4 ( ga ) dan tashkil topganligi ko`rinadi.
Endi masalani yechish yo`li ancha oydinlashadi.
3. Masalaning shartini o`rganishning bundan keyingi qismi tafakkurning analitik yo`li ( analiz ) yoki sintez yo`liga ( sinez ) asoslangan.
Masalani tahlil qilish jarayonida : masalada qanday miqdorlar ko`rsatilgan , ular orasida qanday bog`lanish bor , nimani topish , qayerdan va qanday topish kerak ; masalaning savoliga javob berish uchun qanday tartibda ish olib borishimiz kerak , degan savollarga e`tibor berishimiz kerak. Taxlilni analitik usulidan foydalanish ayniqsa muhim.
Masala. Fermer xo`jaligi shirkatlar uyushmasiga 20 so`mdan 82 litr sut , kilogrami 50 so`mdan 172 kg kartoshka topshirdi. Shunga keladigan pul hisobiga xar bir yashigi 4550 so`mdan 2 yashik oyna , qolganiga naqd pul oldi. Fermer xo`jaligi necha so`m naqd pul olgan ,
Sintetik mulohazalarni va yechimni sxema tarzida quyidagicha tasvirlaymiz :
Nimani bilganimizda
|
Nimani bilish mumkin
|
Qanday amal bilan
|
1 litr sut narxini va sut miqdorini
1 kg kartoshka narxini va kartoshka miqdorini topshirilgan hamma sut va kartoshka pulini
Bir yashik oyna narxini va yashiklar sonini topshirilgan mahsulot pulini va oyna pulini
|
Topshirilgan hamma sut pulini
Topshirilgan hamma kartoshka pulini
Xo`jalik hammasi bo`lib qancha so`mlik mahsulot topshirganini
Hamma oynaning qancha turishini
Fermer xo`jaligiga qancha naqd pul tegishini
|
20*82=1640 ( s )
50*172=8600 ( s )
1640+8600=10040 (s)
4550*2=9100 ( s )
10040-9100=940 ( s )
|
Sxemadan ko`rinishcha , biz masalaning shartida berilgan sonlarni ketma – ket o`z maqsadimizga muvofiq qilib juftlab tanladik va har gal , shu yo`l bilan borganimizda javobga yaqinladikmi – yo`qmi ekanligimizni tekshirib bordik. Bunda shuni ham ta`kidlab o`tish kerakki , sodda masalalarni ajratish va ularni yechish parallel holda bordi.
Mulohazaning analitik usuli o`quvchilarni sintez usulidan ko`ra qat`iy tafakkur qilishga odatlantiradi va o`quvchilarning mantiqiy tafakkurining o`sishiga ko`proq yordam beradi. O`qituvchi o`quvchilarining masala yechish rejasini yaxshi anglaganliklaridan shubhalangan har bir holda bu usuldan foydalanishi kerak. Masala yechilishining davomi aniq va ravshan bo`lgan hollarda analizdan qisman foydalanishi mumkin.
Yuqoridagi sxemani shunday tasvirlash mumkin :
Shu masalaning o`zini analitik mulohaza qilib yechishni ko`raylik:
Nimani bilish uchun
|
Nimani topish kerak
|
Berilgan
|
Hisobladik
|
Yechish va birinchi ustun savollariga javoblar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Fermer xo`jaligi qancha naqd pul olganini
Topshirilgan mahsulot qancha turganini
Sut pulini
Kartoshka pulini
|
Topshirilgan mahsulot qancha
Oyna qancha turganini
Sut puli qancha
Kartoshka puli qancha
1 l sut narxini
Topshirilgan sut miqdorini
1 kg kartoshka narxini
Topshirilgan
|
20 s.
82 l.
50 s.
172 kg
|
|
10040-9100=940 s.
1640+8600=10040 s.
20*82=1640 s.
50*172=8600 s.
|
Oyna pulini
|
kartoshka miqdorini
1 yashik oyna pulini
Oyni miqdorini
|
4550 s.
2 yashik
|
10040 s.
9100 s.
1640 s.
8600 s.
|
4550*2=9100 s.
|
Bu sxemani quyidagicha tasvirlash mumkin :
Agar masalaning yechimi bu sxemalardan biriga asosan bajarilganda edi , bunda yechishning ikki bosqichi, ya`ni masalaning shartini o`rganish va izohlab yechish bajarilgan bo`ladi. Biroq amalda bu hil sxemalar, ular juda uzun bo`lish turfayli, tuilmaydi (bu sxemalar mulohazalarning mantiqiy bosqichlarini ko`rsatish maqsadida o`qituvchi tuzildi), balki mulohazalar faqat og`zaki bajariladi va sxemadan ko`rinishicha, analiz hamda sintez sof ayrim holda kamdan – kam uchraydi.
3. Endi masalani arifmetik usulda yechish jarayonida uni qanday yozish formalari xususida to`xtalib o`tamiz.
Masalaning yechilishini yozish juda katta axamiyatga ega va shuning uchun u o`qituvchining doimo diqqat e`tiborida bo`lishi kerak. Biz bu yerda masalaning yechilishini yozish uchun o`qituvchi uchun tayyor qolib bermoqchi emasmiz, lekin o`qituvchiga yozishning har bir bosqichi ustida fikr yuritish va o`zi uchun masalaning ayrim momentlarini qayd qilib qo`yishning bir hil formasini tanlab olishga maslaxat beramiz, xolos.
Masalaning yechilishi so`roqlarni yozma shaklda berish yoki o`quvchining bajarayotgan amallarini izohlash formasida olib borilishi kerak. Faqat shu yo`l bilangina o`qituvchi o`quvchilarning daftarlarini ko`zdan kechira turib, ularning nutqi ma`no jihatidan yo`l qo`ygan xatolarini bila oladi.
O`qituvchi masala yechish rejasini yozishning aniq qoidasini ishlab chiqishi kerak. O`qituvchilardan masala yechish rejasini oldin yozib olishini talab qilish kerakmi yoki reja masalani yechish bilan birga yoziladimi, buni o`qituvchining o`zi hal qilishi lozim.
Endi masala yechimini yozishning ayrim ko`rinishlarini keltirib o`tamiz.
1-masala. Ikki sonning ayirmasi 511. birining % i ikkinchisining % iga teng ekani ma`lum bo`lsa, bu sonlarni toping.
Masalaning shartini o`rganish. soni dan necha marta katta bo`lsa, birinchi son ikkinchisidan shuncha marta katta bo`lgan taqdirdagina birinchi sonning % i ikkinchisining % iga teng bo`lishi mumkin. Demak, birinchi sonning ikkinchisiga nisbati : ga teng.
Reja va yechishni tushuntirish. Katta sonni biror birlik sifatida qabul qilamiz. Unda ikkinchi son birinchi sonning 0.27 qismiga teng bo`ladi. Izlangan sonlarning ayirmasi 511. bu esa bizni katta sonni qismi 511 birlik ekanini payqashga olib keladi. Demak, birinchi sonning 0.73 qismi 511 ekan. Bundan esa sonning ma`lum bo`lagi yordamida uning hammasini topamiz:
birinchi son = 511 : 0.73 = 700
ikkinchisi undan 511 ta kam
demak, ikkinchi son = 700-511 = 189.
Tekshirish. Shartga muvofiq, birinchi sonning % i ikkinchisining % iga teng bo`lishi kerak, demak, 700 0.045 ko`paytma 189 ga teng bo`lishi lozim. Haqiqatan 31.5 = 31.5.
Javob: 700 va 189
2-masala. Ombordagi g`allaning 35 % i 735 kg. hamma g`allaning qismi gurunch bo`lib, uning har kilogrammi 103.5 so`mdan. Ombordagi hamma gurunch necha so`m turadi?
Shartni tahlil qilish. Hamma gurunchning pulini bilish uchun hamma gurunchning miqdorini va uni narxini bilish kerak; narxi shartda berilgan. Gurunchning miqdorini topish kerak. Shartga muvofiq, gurunch, ombordagi hamma zaxiraning qismiga teng, demak, avval hamma g`alla zaxirasini bilib olish kerak. Hamma g`alla zaxirasi haqida shartdan uning 35 % i 735 kg ga teng ekani ma`lum. Ana shu ma`lumotdan foydalanamiz.
Yechish rejasi:
hamma g`allaning og`irligini topamiz.
hamma gurunchning og`irligini topamiz.
hamma gurunchning pulini topamiz.
Izohlab yechish:
35 % = 0.35. sonning berilgan qismi bo`yicha o`zini topamiz.
735 : 0.35 = 2100 (kg) g`alla - hamma zahira
2) sonning bo`lagini topamiz:
(kg)
gurunch bor.
2) hamma gurunchning puli 1 kg gurunch narxi bilan hamma gurunch miqdorining ko`paytmasiga teng:
10.35 600 = 6210 (so`m) – hamma gurunchning puli
Javob: hamma gurunch 6210 so`m turadi.
Dostları ilə paylaş: |