TIBBIY BIOLOGIYADAN ORALIQ SAVOLLARI VA
JAVOBLARI
1-Tiriklikning xossalari qaysilar har birini ta’riflang?
Javoblar:
Tiriklik xossalari quyidagilardan iborat:
Kimyoviy tarkibining bir xilligi —
tirik mavjudotlar va jonsiz obyektlar bir xil kimyoviy
elementlardan
hosil bolgan, ammo tirik mavjudotlar massasining 90 %i oqsillar,
nuklein
kislotalar, uglevodlar, lipidlar kabi murakkab organik molelculalami hosil qiluvchi to`rtta C,
0, N, H elementga to`g`ri keladi;
Tarkibiy tuzilishning yagonaligi —
hujayra yer yuzidagi barcha
tirik organizmlarning
tarkibiy-funksional va rivojlanish birligidir. Bundan faqat viruslar mustasnodir, ularda tiriklik
xossalari hujayra ichiga kirganda yuzaga chiqadi. Hujayradan tashqarida hayot yo`q
Ochiqliligi -
barcha tirik organizmlar tashqi muhitdan to`xtovsiz modda va energiya
almashinuvini amalga oshiruvchi ochiq tizimlardir;
Modda va energiya almashinuvi -
barcha tirik organizmlar tashqi muhit bilan modda va
energiya almashinuvida bo’ladi. Modda almashinuvi o`zaro bog`liq ikkita jarayon natijasida
amalga oshadi: organizmda tashqi yorug’lik va oziq energiyasi
hisobiga organik moddalar
sintezi va energiya ajralishi bilan kechadigan murakkab organik moddalaming parchalanishi
jarayonidan iborat bo’lib, bu energiya organizm tomonidan sarflanadi.
Modda va energiya almashinuvi tashqi muhitning to’xtovsiz o’zgarib turadigan sharoitida
kimyoviy tarkib doimiyligini ta'minlaydi;