20-asrning oʻrtalariga kelib va radiatsion genetika rivojlanishi bilan O.g.ni oʻrganish yana
kuchaydi. 1956-yil odamda 56 ta xromosoma (28 juft) borligi aniklandi, 1959-yilda esa
odamning birinchi xromosoma kasalligi (Daun kasalligi) kashf kilindi. O.g. xromosomadagi
har bir genii, ularning xromosomada joylashishi, namoyon qiladigan belgilarini va bu belgilar
yuzaga kelishida irsiyat va tashqi muhitning ahamiyatini, mutatsiyalarning yuzaga kelish
sabablarini oʻrganadi. Izlanishlar natijasida irsiy xilma-xillik yoki polimorfizm kashf etildi.
Mas, gemoglobinning 200 ga yaqin turi borligi, fermentlarning turli-tuman shakllari va boshqa
aniklandi.
Irsiyatning xromosoma va genlarini oʻrganishda molekulyar biologiyaning bir necha usullari;
sitogenetik, biokimyoviy, immunogenetik, gen inje-neriyasi va h.k.dan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: