1 – mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik


Sifatni boshqarishning xorij tajribasi



Yüklə 192 Kb.
səhifə2/8
tarix16.03.2023
ölçüsü192 Kb.
#88299
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu SM

Sifatni boshqarishning xorij tajribasi.

Jahon hamjamiyati mahsulot sifatiga texnik talablarni me’yorlashga yagona yondashuvni ishlab chiqdi. Ko’rsatma beradigan hujjatlar pog’onalarining piramidasi 1.1 rasmda keltirilgan. Bunda qonunchilikka sifat va uni ta’minlash usullarini davlat tomonidan tartibga solish shakli sifatida qaraladi. Dunyoning turli mintaqalaridagi standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiyaning qonunchilik asoslari 1.1 jadvalda berilgan.


Ilmiy – texnik taraqqiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida mahsulotning sifati milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining asosiy muammolariga aylanmoqda. Barcha sanoati rivojlangan mamlakatlarda jahon bozorida mahsulotning sifati, raqobatbardoshligini oshirish muammosini hal qilish yo’llari faol izlanmoqda.


Jahonning uch yetakchi mintaqasi: AQSH, Yaponiya va G’arbiy Yevropa misolida sifatni boshqarishning rivojlanish tarixini ko’rib chiqamiz.





  1. Харрингтон Д. Х. Управление качеством в американских корпорациях: Сокр. пер. с англ. / Под. ред. Л. А. Конарева. М.: Экономика. 1990. 29 – 30 с.

5


1.1 rasm. Texnik me’yorlar va talablar piramidasi.


Sifatni boshqarishning AQSH tajribasi.

Global sanoat salohiyatining katta qismi yo’q qilingan ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda hamma davlatlarda keng iste’mol mahsulotlarining yuqori tanqisligi yuzaga kelgan. AQSH ning hududi to’pga tutilmagan yoki quruqlikdagi janglar maydoniga aylanmagan. Sobiq askarlarning uyiga qaytishi natijasida butun dunyoda ortgan ehtiyojlarni qondirish uchun AQSH sanoati tez o’sib, muzlatgichlar, televizorlar, avtomobillar va radiopriyomniklarni cheklanmagan miqdorda ishlab chiqara boshlagan. 40 – 50 – yillarda Amerikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati past edi. Faqat rejalashtirilgan hajmda mahsulot ishlab chiqarishga e’tibor berilgan.




1 jadval

Yüklə 192 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin