1 – mavzu: Falsafaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Ontologiya – borliq falsafasi Rivojlanish falsafasi. Falsafaning asosiy qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi (Gnoseologiya) Mantiq fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 149,45 Kb.
səhifə20/71
tarix18.04.2023
ölçüsü149,45 Kb.
#99800
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
Falsafa 1-mavzu

Xulosalar. Dunyoqarash bu insonning dunyoga, undagi voqealarga munosabatlari, undagi o‘rni va hayot mazmuni haqidagi eng umumiy qarashlari tizimi.
Insoniyat tarixida dastlab mifologik dunyoqarash shakllangan bo‘lib, unda inson atrof muhit bilan birlashadi hamda na tabiat va na o‘z urug‘idan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi. Diniy dunyoqarashga olamni bu dunyo, u dunyo va g‘ayri tabiiy dunyoga bo‘lish xos. Dinning asosi g‘ayritabiiy kuchlarga ishonch bilan yo‘g‘rilgan.
Falsafa mifologik va diniy dunyoqarashdan o‘zining atrof muhitga tanqidiy munosabati asosidagi dunyoqarashli funksiyasini bajaradi, gnoseologik va ontologik kategoriyalarga murojaat qilib mantiqiy xulosalar chiqaradi.
Falsafa nazariy asoslangan dunyoqarash, umumiy kategoriyalar, insonning olamga fanning tabiat va jamiyat haqidagi yutuqlariga tayanilgan nazariy munosabati. Falsafaning ahamiyati, uning insonni o‘z-o‘zini, olamni anglashga, ijodiy barkamollikka yo‘naltira olishidadir.

Olamni falsafiy anglash falsafaning doimiy dolzarb muammosi bo‘lib kelgan. Falsafa o‘rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan aloqadordir. Chunki, borliq muammosi falsafadagi har qanday dunyoqarash va metodologik muammolarning asosi hisoblanadi. Olamni falsafiy tushunishning asosida “borliq”, “materiya”, “ong” singari boshlang‘ich falsafiy kategoriyalar tahlili turadi. Bu kategoriyalar mazmunining qanday talqin qilinishiga qarab borliq haqidagi u yoki bu falsafiy konsepsiya(ta’limot)ning xususiyatlari farq qiladi. Darhaqiqat, turli dunyoqarashlar o‘rtasidagi bahslar borliq muammosi atrofida yuzaga kelayotgan tortishuvlarga, ya’ni borliq azaldan mavjudmi, yoki u mutlaq ruh yoinki ilohiy qudrat tomonidan yaratilganmi, degan masalaga borib taqaladi. Falsafa ilmining borliq va uning rivojlanishi qonuniyatlarini, muammolarini o‘rganadigan nazariy tarmog‘i va bilimlari sohasi ontologiya deb ataladi va u o‘zining kategorial statusiga egadir. Ontologiya so‘zi yunoncha ontos (mavjudlik) va logos (ta’limot) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, «mavjudlik haqidagi ta’limot», ya’ni borliq haqidagi fan ma’nosini ifodalaydi. Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa lug‘ati»da, so‘ngra, X.Volf (1679 -1754)ning falsafaga oid darsligida qo‘llanilgan.


Ushbu kategoriyalarda o‘z ifodasini topgan qonuniyatli aloqadorliklarni bilib olish olam va undagi xodisalarni falsafiy idrok etishga yordam beradi.
Borliqning o‘zi nima? Bu savolga javob berish uchun borliqning inson va insonlar hayoti bilan bog‘liq ildizlariga nazar tashlashga to‘g‘ri keladi. Kishilar qadimdan o‘zlarini qurshab turgan tabiat va jamiyat, inson va insoniyat haqida o‘ylar ekan, atrofida sodir bo‘lib turgan narsalar va hodisalarni, o‘zgarishlarni kuzatishgan. Ba’zi narsalar hozir mavjud, keyinchalik esa yo‘qolib ketadi, kecha yo‘q bo‘lgan ba’zi narsalar esa bugun paydo bo‘ladi. Shular asosida kishilarda mavjudlik va yo‘qlik haqida tasavvurlar, qarashlar vujudga kelgan.
Kishilar o‘zlarining ham dunyoga kelishi (tug‘ilishi), yashashi va nihoyat vafot etishi (o‘lishi), «yo‘qlikka aylanishi» haqida o‘ylay boshlashadi. Shu asosda kishilarning «bu dunyo» va «u dunyo» (narigi dunyo), ya’ni odamning vafotidan so‘ng uning ruhi ko‘chib o‘tadigan «dunyolar» haqidagi tasavvurlari paydo bo‘lgan. Kishilar o‘zlarining kundalik tajribalari asosida atrofidagi dunyoning hozir mavjudligi, o‘zlari tug‘ilmasdan ilgari ham mavjud bo‘lganligiga va keyinchalik ham mavjud bo‘lib qolishiga ishonishgan. Shu tarzda ularda «borliq» va «yo‘qlik» haqida tasavvurlar shakllangan.
Borliq turli konsepsiyalarda turlicha talqin etiladi. Ayrim tadqiqotchilar uni muayyan moddiy jism, moddiy borliq sifatida tushuntirishadi, boshqalar esa uni g‘oyaviy, ma’naviy, ruhiy, ilohiy mohiyat shaklida tushunishadi. Abu Nasr Foro­biy yagona borliqni 6 bosqichdan iborat deb hisoblagan: 1-ilk sabab (sababi-avval) - xudo; 2-sabab - (sababi- soniy) - samoviy jismlar borlig‘i; 3-sabab - faol aql (al-aql al-faol); 4-sabab - jon (an-nafs); 5-sabab - shakl (as-surat); 6-sabab - modda (al-modda)2. Bu bosqichlar bir-biri bilan sababiy bog‘langan bo‘lib, ular barcha mavjudlikning boshlang‘ichi hisoblanadi.

Yüklə 149,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin