1 – mavzu: Falsafaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Ontologiya – borliq falsafasi Rivojlanish falsafasi. Falsafaning asosiy qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi (Gnoseologiya) Mantiq fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 149,45 Kb.
səhifə28/71
tarix18.04.2023
ölçüsü149,45 Kb.
#99800
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
Falsafa 1-mavzu

Materialistik monizm dunyo yagona, uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu konsepsiyada olam ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o‘ta rivojlangan ko‘rinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz.
Idealistik monizm esa, materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo‘q bo‘lmasligi va birinchi asosiga ega bo‘lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda ob’ektiv-idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o‘lmas g‘oyalar, zardo‘shtiylikda olov, o‘rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va o‘z-o‘zidan rivojlanadigan «mutlaq g‘oya») va sub’ektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruksiyalari, «elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin.
Dualizm (lot. dualis – ikki yoqlama) birinchi asos sifatida ikkita substansiya tan olingan falsafiy yondashuv. Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g‘oyalar va aql-idrokning alohida o‘rnini aniqlashga harakat qilgan.
Falsafa tarixida Rene Dekart dualizmning yorqin vakili sifatida o‘rin oldi. R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni materiyaning butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi. R.Dekart nazarida, moddiy jismoniy substansiya o‘z atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik ko‘lamigagina ega. U mutlaq bo‘shliqni istisno etadi, harakatlanish, ya’ni jismoniy zarralarni bo‘lish, joydan-joyga ko‘chirish va o‘zgartirish qobiliyatiga ega.
Uning fikricha ma’naviy hayot moddiy hayotdan alohida, o‘zining bilish va fikrlash faoliyati, intellektual intuitsiya va deduksiya kabi o‘ziga xos ko‘rinishlarida namoyon bo‘ldi. U ruhiy substansiyaning butunlay jismsizligini e’tirof etadi. Garchi R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan biri bo‘lsa-da, uning g‘oyalarida o‘rta asr falsafasidan meros qolgan «substansiya» atamasining alohida narsani tushunish uchun qo‘llanilishiga, shuningdek, u ikki muhim - universal va cheksiz substansiya – fikrlash va ko‘lamni alohida erkin maqomga ega, deb e’lon qilganiga duch kelish mumkin. R.Dekartning – «men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha narsalarning negizi sifatida tan olganligidan dalolat beradi. R.Dekart fikrlovchi substansiyaning uzviyligini va har bir «Men», ya’ni aqlli jonzotga bevosita, ko‘lamli substansiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas substansiya (aql) metafizikaning o‘rganish predmetini, ajraluvchi substansiya (ko‘lam) esa fizika predmetini tashkil etadi.
Ikki asos, xususan: muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va zaruriyatning teng huquqliligi g‘oyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy nazariya dualistik nazariya sifatida amal qilgan.
Ikki substansiya – ma’naviy va moddiy substansiyalarni farqlash, bu mantiqiy nuqtai nazardan noto‘g‘ri va ratsional ma’noda juda ko‘p qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Fikrlash va ko‘lamga ikki substansiya tarzida, ya’ni bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil asoslar sifatida yondashilganida, «ruh» va «tana» o‘z harakatlarida qanday uyg‘unlashishi, umuman, «tana» qanday qilib fikrlash qobiliyatini kasb etishi mumkinligini tushunish qiyin. Mohiyat-e’tiboriga ko‘ra, substansiya butun mavjudot asosi, hamma narsani o‘z ichiga oluvchi va o‘zini namoyon qilish uchun hech narsaga muhtoj bo‘lmagan yagona birinchi asos sifatida e’tirof etilgan.

Yüklə 149,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin