1 – mavzu: Falsafaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Ontologiya – borliq falsafasi Rivojlanish falsafasi. Falsafaning asosiy qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi (Gnoseologiya) Mantiq fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar



Yüklə 149,45 Kb.
səhifə31/71
tarix18.04.2023
ölçüsü149,45 Kb.
#99800
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71
Falsafa 1-mavzu

Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar. Geotsentrik dunyo haqidagi tasavvur yer miqyosidagi ob’ektlarga daxldor nazariyalarning umumlashtirilishi natijasida yuzaga kelgan. Unda, aynan “er” andoza va negiz sifatida qabul qilinadi. Geotsentrizm ta’limotiga ko‘ra, moddiy tizimlarning atributlari barcha darajalarda yer sharoitida mavjud atributlar bilan bir xil bo‘ladi. Geotsentrizm makon, vaqt, sifat, sababiyat va boshqa atributlar ontologik ma’noda yagonadir, degan tasavvurga asoslanadi. Lekin materiyaning cheksizligi g‘oyasidan kelib chiqib, atributlarning amaliyot bizni hozirgacha tanishtirgan turidan tashqari, «geotsentrik obraz»dan farq qiluvchi ko‘plab boshqa turlari ham mavjudligini faraz qilish o‘rinli bo‘ladi. Bu atributlarning boshqa turlari, o‘zga makon, vaqt, harakat bilan tavsiflanuvchi ob’ektiv borliqning alohida turi sifatidagi nogeotsentrik tizimlar, ya’ni geotsentrik dunyoga uncha o‘xshamaydigan dunyolar to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi.
Atributlari universal mazmunining, inson tanasi mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo‘luvchi atributlarning universal mazmuniga mos kelishi geotsentrik dunyodir . Bu Nyuton vaqti (zamoni), Evklid makoni dunyosidir.
Atributlarning universal mazmuni inson tanasining mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo‘luvchi atributlarning universal mazmunidan farq qiluvchi moddiy ob’ekt nogeotsentrik dunyo deb ataladi. «Nogeotsentrik dunyo» tushunchasi nonyuton vaqti (zamoni), noevklid makoni, umuman, borliqning nogeotsentrik turini nazarda tutadi. Mikrodunyo va megadunyoni nogeotsentrik dunyolar tomon mavjud bo‘lgan «darcha»lar deb faraz qilish uchun asoslar mavjud. Ularning qonuniyatlari bizga o‘zaro ta’sirlarning o‘zga turini uzoq darajada bo‘lsa ham tasavvur qilish imkonini beradi. Ayni vaqtda, makrodunyo bog‘lanishlari va o‘zaro ta’sirlari borliqning geotsentrik turini aks ettiradi. Shunga qaramay, universal mazmunning «geotsentrik andoza»dan og‘ish xususiyati to‘g‘risidagi masalani faqat amaliyotda yechish mumkin. Bu yerda falsafadan ko‘ra aniq fanlarga asoslanish lozim.

Yüklə 149,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin