1 – mavzu: Falsafaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Ontologiya – borliq falsafasi Rivojlanish falsafasi. Falsafaning asosiy qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi (Gnoseologiya) Mantiq fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 149,45 Kb.
səhifə29/71
tarix18.04.2023
ölçüsü149,45 Kb.
#99800
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71
Falsafa 1-mavzu

Plyuralizm (lot. – ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p sonlik)dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limotdir. Plyuralizm atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu Ayni shu ta’limotda borliqning ko‘p sonli mustaqil va o‘zaro bog‘lanmaydigan asoslari borligi haqidagi g‘oya ham ilgari surilgan.
Leybnisning monadalar haqidagi ta’limoti (monadologiya) plyuralizmning klassik ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko‘ra, dunyo son-sanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to‘rt asosi haqidagi ta’limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.
Ba’zan plyuralizmga mustaqil ta’limot sifatida emas, balki dualizmning o‘zgargan ko‘rinishi sifatida qaraladi. Lekin plyuralistlar o‘z nazariyasining asosiy vazifasini dualistik munozaralarda yechimini topmagan ruh va tabiat o‘rtasidagi qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar.
Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi.
«Materiya» atamasi lotincha materia so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, modda degan ma’noni anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, tabiatshunoslik va falsafaning rivojlanishiga muvofiq bir necha marta o‘zgargan.
Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi.
Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi.
I - bosqich Antik davrda materiya birlamchi material (suv, olov, atom va sh.k.) sifatida talqin qilinadi va «dastlabki stixiyali materializm»deb ataladi. Ushbu materializm o‘z rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining cheksiz rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb hisoblaydi va uning sabablarini muayyan moddiy, o‘ziga xos narsadan izlaydi.
Darhaqiqat antik qarashlarga ko‘ra materiya – jismlar va narsalarning o‘zagini belgilovchi birlamchi materialdir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv o‘simliklar, hayvonlar va odamlar uchun zarurligini qayd etib, uni barcha narsalar asosi deb e’lon qilgan. Geraklit quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olovni hamma narsaning asosi deb hisoblagan.
Materiyaning birinchi konsepsiyasini miloddan avvalgi VI asrda qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.

Yüklə 149,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin