1 – mavzu: Falsafaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Ontologiya – borliq falsafasi Rivojlanish falsafasi. Falsafaning asosiy qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi (Gnoseologiya) Mantiq fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 149,45 Kb.
səhifə19/71
tarix18.04.2023
ölçüsü149,45 Kb.
#99800
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
Falsafa 1-mavzu

Birinchidan, falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan natijalarni tekshirish (verifikatsiya qilish) yoki rad etish (falsifikatsiya qilish) imkoniyati yo‘qligi tufayli lozim darajada samara bermagan yoki umuman ojiz bo‘lib chiqqan sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning bundan boshqa usullariga ega emas.
Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni ko‘rish ufqini kengaytiradi, uni tadqiq etishga nisbatan yangicha, o‘ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, shu jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga ko‘maklashadi. Zero, aniq ta’riflar va ishonchli dalillarga tayanadigan fan o‘z fikrlari va xulosalarida bunday erkinliklarga yo‘l qo‘ya olmaydi. Vaholanki, falsafiy tafakkur mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz o‘zining betakrorligini yo‘qotadi.
Hamonki plyuralizm falsafada me’yor hisoblanar, har bir alohida miyada esa monizmga, ya’ni qarashlarning tartibga solingan, yaxlit va nisbatan ziddiyatlardan xoli tizimiga kelish lozim ekan, falsafani qanday o‘zlashtirish, undan qanday saboq berish mumkin?
Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu masala qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka va o‘tmishning boshqa mutafakkirlari tajribasiga tayangan holda: Falsafa faktlarni eslab qolishni o‘rgatmasligi, balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har bir masala yuzasidan mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, o‘zi mustaqil o‘ylashni va o‘z aqliga quloq solishni o‘rganishini nazarda tutmog‘i darkor. Ayni shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o‘rgatish, u o‘z shaxsiyatining ahamiyatini ko‘rsatishga emas, balki haqiqatning tagiga yetishga harakat qilishiga erishishdan iborat. Bu, o‘z navbatida, barcha odamlar o‘ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.
Bu juda topib aytilgan so‘zlar falsafani fan sifatida o‘rganish, uni bilimlar, tayyor qoidalar va ta’riflarning muayyan yig‘indisi sifatida o‘zlashtirish mumkin emas, degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Insonga ta’lim berishda paydeyya yo‘lini tanlash – unga «nimani ko‘rish lozimligi»ni emas, balki «qaerga va qanday qarash kerakligi»ni o‘rgatish lozim. O‘z-o‘zidan ravshanki, mazkur vazifani ijodiy yondashuvsiz, o‘quvchi va o‘qituvchining qiziquvchanligi va intiluvchanligisiz hal qilib bo‘lmaydi, falsafa esa o‘zining sof ko‘rinishida yo‘qoladi, «havoga sovuriladi», pirovardda kimdir bayon etadigan, kimdir “o‘tishi”, o‘rganishi va qolaversa, imtihon topshirishi lozim bo‘lgan “fan”gina qoladi. Boshqacha aytganda, falsafadan ta’lim berish va uni o‘zlashtirish zamirida ham, albatta ijod yotishi lozim.

Yüklə 149,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin